Sulsher: "Biz rivojlanishda davom etyapmiz"
17 dek 2020 22:55
Yangiliklar


Sulsher: "Biz rivojlanishda davom etyapmiz"
"Oldinda ketma-ket juda ko'plab o'yinlar o'tkazishimiz kerak. 31 dekabr kuni "Aston Villa"ga qarshi o'yindan keyin bizda kichik tanaffus yuzaga keladi.
Albatta, bu davr biz uchun juda muhim. SHundan keyin menga sizlarning savollaringizga javob berishim osonroq bo'ladi. Agarda futbolchilarim chempionlikka hos o'yin ko'rsatmaganida jaxl otiga mingan bo'lardim. Umuman olganda barchasi joyida desak bo'ladi.
Natijalar xar xil bo'lishiga sabablar ham turlicha. Biz yanada yaxshiroq bo'la olamiz, biroq rivojlanishda davom etish kerak. Bu esa katta qadam tashlashda kerak bo'ladi.
Ushbu mavsumda natijalarni oldindan aytib bo'lmayapti. Ko'tarilish va pasayishlar hammada bo'lmoqda. Barqarorlikka erishayotgan va kuchli futbolchilarga ega bo'lgan jamoalar yaxshi natijalarga erishmoqda. Ular o'tgan mavsumlardan ko'ra ko'proq imkoniyatga ega bo'lmoqda", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar