Sulsher: "Biz Fergyuson davrida yashamayapmiz"
18 apr 2021 15:33
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/631923_original.jpg)
![](/upload/storage/631923_220.jpg)
Sulsher: "Biz Fergyuson davrida yashamayapmiz"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Daily Mail" nashriga bergan intervyusida ser Aleks Fergyuson davriga qaytishning iloji yo'qligini aytdi.
"Biz ser Aleks Fergyuson davrida yashamayapmiz. U ketganidan buyon klubda transformaciya bo'lmoqda. Uning davridan-da yaxshirog'i bo'lmaydi.
U boss edi. Uning o'rnini bosishning iloji yo'q. Biroq rivojlanyapmiz, qadam va qadam bunga harakat qilyapmiz. Agarda bu yaxshi davom etsa, biz ham sovrinlarga ega chiqamiz, liga titulini qo'lga kiritamiz. Bu bizning ambiciyamiz.
Nima haqida gapirayotganimni bilib turibsiz. Siz asta-sekinlik bilan rivojlanasiz. Hayot shunday. O'tgan mavsumda uchinchi o'rinni oldik, ayni damda 2-o'rindamiz. Yuqorilash bor. Ammo bu nuqta emas. Nuqta - liga tituli", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar