Suhrobjon Sarimsoqov: “Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik”
07 apr 2016 10:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/203946_original.jpg)
![](/upload/storage/203946_220.jpg)
Suhrobjon Sarimsoqov: “Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik”
Biz bellashuvdan oldin mehmonlar azosi Suhrobjon Sarimsoqovning fikrlari bilan qiziqdik.
“Lokomotiv-BFK” “Oq-tepa” uchun noqulay raqib, desak bo'ladi. Oxirgi uch mavsumda bu raqib maydonida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda g'alabani qo'ldan chiqarib, mag'lubiyatga uchraganimiz so'zimga isbot bo'la oladi. Bugun o'sha sovuq ananani buzishga va g'alaba qozonishga harakat qilamiz.
Bugungi bahs birinchi tur o'yini bo'lgani uchun baribir qandaydir hayajon bo'ladi. Ammo o'ylaymanki, bu hayajon maydonga chiqqanimizda yo'qoladi. Raqib haqida nima deyishim mumkin? “Lokomotiv-BFK” ahil jamoa. Tarkibida to'p bilan yaxshi muomala qila oladigan tajribali o'yinchilar bilan bir qatorda yosh futbolchilar ham bor. Biroq biz ham o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Mavsumni g'alaba bilan boshlamoqchimiz", - deydi Sarimsoqov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar