So’nggi yangiliklar

21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  8 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  7 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2

Suhrob Qobilov: “So'g'diyona” bilan muxlislarbop o'yin bo'ladi" Yangiliklar

Suhrob Qobilov: “So'g'diyona” bilan muxlislarbop o'yin bo'ladi"

Oliy ligada so'nggi turlar ancha hayajonli bahslarga boy bo'lmoqda.

Turnir jadvalining yuqori va pastki qismlarini qaysi jamoa egallashi, yani kim chempion bo'ladi, kim  birinchi ligaga ravona bo'lishi haqidagi savolga aynan 29 va 30-turlardan so'nggina aniq javob olamiz. Biz “Qo'qon-1912” - “So'g'diyona” bahsi oldidan yo'qonliklar yarim himoyachisi Suhrob Qobilov bilan suhbatlashdik.

- Suhrob sizni “So'g'diyona” bilan bo'lajak o'yin haqidagi fikrlarigizni bilmoqchi edik.
- Albatta bu uchrashuv muxlislarbop chiroyli o'yin bo'ladi deb o'ylayman. Bizning  jamoa  g'alaba uchun maydonga chiqadi. O'z maydonimizdagi so'nggi o'yinda  muxlislarga g'alaba tortiq qilishga harakat qilamiz.

- Siz birinchi davrani jizzaxliklar safida o'tkazib, ikkinchi davrada Qo'qonda to'p tepdingiz. Qaysi jamoani imkoniyatlarini yuqori baholaysiz?
- Bu o'yinda hech kimga oson bo'lmaydi. “So'g'diyona” oxirigacha kurashadigan jamoa. Biz esa o'z maydonimizda o'ynaymiz. Uyingda devorlar ham yordam beradi deyishadiyu, muxlislarimizni qo'llab turishlari bizga qo'shimcha kuch-quvvat beradi deb o'ylayman. Albatta  maydon egasining imkoniyatlari yuqori deb o'ylayman.

- Jizzaxliklar tarkibida yo'qotishlar bor. Muqim Toshmatov va Dilmurod Ikromovlar maydonga tushishmaydi. Bu balkim sizlarga bir oz engillik berar.
- Men engil bo'ladi deb o'ylamayman. Futbol jamoaviy o'yin. Bir yoki ikki kishini o'yiniga butun jamoani o'yini bog'liq emas. Bizda ham Jalil Kimsanov tushmaydi. Har ikkala jamoada bir-birlarini o'rnini bilintirmaydigan futbolchilar etarli.

- Siz birinchi davrada “Qo'qon-1912” jamoasiga gol urgansiz, balki ertaga “So'g'diyona”ga gol urarsiz?
- Futbolchi  doim gol urishni xohlaydi. Agar murabbiyimiz tarkibga kiritsa, professional futbolchi sifatida albatta gol urishga harakat qilaman. Birinchi davrada  o'z vazifamni bajarganman endi Qo'qonda o'ynayapman yana murabbiy bergan vazifani bajaraman.


Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика