So’nggi yangiliklar

08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  0 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  1 08:30"Машъал" етакчиларидан бири фаолиятини Тошкентда давом эттиради  1 07:59Скалони Мессининг 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок этиши ҳақида: У ўзи қабул қилиши керак бўлган қарорни қабул қилсин  1 07:29U-23 Осиё кубоги. Бугун Эронга қарши ўйнаймиз  3 02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  1 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  2 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  2 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7

Suhrob Izzatov: "O'ylashimcha, adolatli hisob qayd etildi" Yangiliklar

Suhrob Izzatov: "O'ylashimcha, adolatli hisob qayd etildi"

Superliga 21-turidan o'rin olgan “Bunyodkor” – AGMK uchrashuvida tomonlar durangga imzo chekishdi.

Dastlab 63-daqiqada mezbonlar tarkibida Suhrob Izzatov hisobni ochdi. Oradan ko'p vaqt o'tmay, Sardor Rahmonov muvozanatni tikladi. Uchrashuvdan so'ng Suhrob bilan bog'lanib, uning taassurotlariga quloq tutdik. 

"Biz g'alaba uchun maydonga tushgandik, - deya gap boshladi Izzatov. Ammo fikrimcha qayd etilgan hisob adolatli bo'ldi. Ikkala jamoa ham ko'plab vaziyatlar yaratgan bo'lsa-da, undan foydalana olmadi va kuchlar teng keldi. Bugun ikki jamoa ham oxirgi daqiqalargacha g'alaba uchun maydonga chiqqanligini ko'rsatdi",- deydi Suhrob Izzatov.

- “Nasaf”dan uchralgan yirik mag'lubiyat bugungi o'yinga tasir qildimi?

-  Qarshida uchralgan mag'lubiyatni allaqachon unutganmiz. O'sha bahsda qo'limizdan kelgancha o'ynadik. Afsuski, omad etishmadi va yirik hisobda mag'lubiyatga uchradik. Bugun buni unutib, maydonga tushdik. 

- Mavsumning qolgan o'yinlaridan nimalarni kutmoqdasiz?

- Endi ortga yo'l yo'q. SHu tufayli qolgan har bir uchrashuvda g'alaba qozonishga ham ochkolarimiz sonini ko'paytirib olish uchun maydonga tushamiz. Keyingi turlardagi raqiblarimiz ham kuchli. Oson o'yinni o'zi qolmagan. SHunday bo'lsa-da, “Bunyodkor” kurashishda va ochko yo'qotmaslikka intiladi. 

- Jamoangiz mavsumni nechanchi o'rinda tugatishni rejalashtirgan?

- Mavsum boshida oldimizga chempionlik vazifasi qo'yilgandi. Keragidan ortiq ochkolarni boy berganimiz uchun ham yuqorida belgilangan vazifadan uzoqlashib ketdik. SHunga qaramay, mavsumni kuchli uchlikda tugatishga intilamiz. Bu borada bizda imkoniyat bor.

- AGMKga qarshi kechgan o'yinda ko'plab etakchi futbolchilar “Bunyodkor”ga yordam bera olishmadi. Ularning o'rni bilindimi?

- Albatta, etakchi o'yinchilar yo'qligi bilindi. Bugun Lutfulla To'raev, Farrrux Ikromov, Mirjahon Mirahmadov va Rasul Yo'ldoshev kabi jamoadoshlarim yordam bergani yo'q. Tabiiyki, bu bizning o'yin uslubimizga tasir qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика