So’nggi yangiliklar

14:57"Манчестер Сити"га янги сардор тайинланди  0 14:21Ўзбекистон Кубогидан ўрин олган “Бухоро” — ОКМК учрашувини бошқарадиган ҳакамлар номи маълум бўлди  0 14:15Пролига 10-турида ишловчи расмийлар эълон қилинди  0 13:38АПЛ 2025/26 мавсум тақвими эълон қилинди: МЮ 1-турда "Арсенал"ни қабул қилади  2 12:54"Манчестер Юнайтед" ўз футболчиси учун "Наполи"дан 25 млн. евро сўрамоқда  1 12:24Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионати 2-тур ўйинида ишлайди  3 12:12Ўзбек футболи фахрийси Валерий Лёткин вафот этди  1 11:53Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧда кимлар ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  7 11:34Абдурауф Бўриев Шотландия клубига ўтиши мумкин эди, бироқ...  8 11:20Марказий Осиё. Қозоғистонда энг қиммат футболчи ўзгарди, Тожикистонда "Истиқлол" 4-ўринга тушди, "Аркадағ" эса кубок ярим финалига чиқди  1 11:05“Ал Насср“ футболчиси АПЛ грандига ўтиши мумкин  0 10:37Жаҳоннинг энг яхши ҳужумчилар рейтинги тузилди (топ-10)  3 10:10“Барселона“ йирик трансферни амалга оширишга яқин  6 09:43“Ювентус“ “Адидас“ билан янги шартнома имзолади. Келишув суммаси маълум  0 09:18Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита чорак финалчилар аниқланади  3

Suares Eto’Odan, Messi Myullerdan o'zish ilinjida. Xullas, “Barselona” ko'chasida bayram Yangiliklar

Suares Eto’Odan, Messi Myullerdan o'zish ilinjida. Xullas, “Barselona” ko'chasida bayram

Ismim kimgadir qiziq deb o'ylamayman. Statistikani sevaman, qadrlayman va u eng keraklisi deb bilaman. Balki shuning uchun bo'lsa kerak, meni erkalab “matematik” deb chaqirishadi.

Kecha Ispaniya La Ligasida 18-tur bellashuvlari bo'lib o'tdi. Mazkur turdan keyin “Barselona”ning ikki hujumchisi statistiklar uchun ish topib berdi.

Luis Suares“Levante” darvozasiga gol urgan urugvaylik hujumchi “Barselona”ning 7-raqamli to'purari bo'lib oldi. U endilikda Samuel Eto’Oni ortda qoldira boshladi. SHu vaqtga qadar kamerunlik hujumchiga “Barselona”ning rasmiy o'yinlarida 131 ta gol urish nasib qilgandi. Suaresda esa aniq zarbalar soni 132 taga etdi.

Kataloniya klubida eng ko'p golni Lionel Messi urgan — 527 ta.

Lionel Messi

Messi kecha “Levante”ga qarshi o'yini bilan “Barselona” sharafini La Liga doirasida 400-bor himoya qildi va faqatgina Ispaniya chempionati haqida gap ketganida, 365-golini urdi. SHu tariqa Messi kuchli beshlikda gol urish borasida Gerd Myullerning rekordini takrorladi.

Myullerga shuncha gol urish uchun 427 ta o'yin kerak bo'lgandi. Messi esa barchasiga 400 ta bellashuvda erishi. Kelasi turdan boshlab u Myuller nomini shohsupadan o'chirishga harakat qiladi.

“Vasko da Gama”Bu klubning Ispaniya La Ligasiga nima aloqasi bor, deb so'rashingiz mumkin. Koutinoni xarid qilgan “Barselona” ayni vaqtda “Vasko da Gama” hisob raqamiga 4 million evro o'tkazib berishi kerak. CHunki jamoa Koutinoni katta futbolga uzatib bergani bilan tarixga kirgan.

Koutinoning transferi bonuslari bilan qo'shganda 160 millionga aylanmoqda. FIFA esa futbolchini tarbiya qilgan maktablarni unutmaydi va 2,5 foiz unga ajratishni talab qiladi. Avvalroq “Liverpul” klubi o'z muxlislarini qanchalik hurmat qilishini ko'rsatib, mavsum avvalida Koutino ismi tushirilgan futbolkalarni xarid qilganlarga 56 evro turadigan vaucherlar berishi haqida aytib o'tgandi. 

Xose KalexonHa, u Italiyada — “Napoli”da to'p surmoqda. Biroq u ispaniyalik. Demak, etibordan chetda qolib ketmaydi. Axir u A seriyada to'p surgan ispaniyaliklar orasida eng ko'p gol urgan futbolchiga aylanib oldi.

A seriya klubi bilan shartnoma imzolagan ilk ispan futbolchisi Luis Suares Miramontes hisoblanadi. O'z vaqtida “Inter” va “Sampdoriya” klublarida to'p surgan sobiq futbolchi, endilik Kalexondan ortda qolib ketdi. “Verona”ga qarshi o'yinda Xose A seriyadagi 52-golini nishonlagandi. 

Muallif :
Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика