Sterlingni terma jamoadan haydashni so'rashmoqda (+FOTO)
29 may 2018 16:51
Yangiliklar


Sterlingni terma jamoadan haydashni so'rashmoqda (+FOTO)
Angliya terma jamoasi va "Manchester Siti" yarim himoyachisi Raxim Sterling tanasidagi tatuirovka ko'pchilikning etiroziga sabab bo'ldi.
Futbolchi "Instagram"dagi sahifasida oyog'idagi o'qotar qurol tatuirovkasini ko'rsatdi.
"Onalar qurolga qarshi" tashkilotidagilar bundan g'azablanishdi.
"Bu ahmoqona tatuirovka. Sterling uyalishi kerak. Buni qabul qilib bo'lmaydi.
U tatuni lazer bilan o'chirib tashlashini yoki ustiga boshqa narsa chizdirishini talab qilamiz. Agar u rad etsa, Sterlingni terma jamoadan haydashlari kerak" - deydi o'g'li o'qotar quroldan vafot etgan "Onalar qurolga qarshi" tashkiloti azosi.
Eslatib o'tamiz, Raxim 2 yoshligida otasi otib ketilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar