Sterling: "Toza penalti. Eng muhimi to'p to'rga borib tushdi"
08 iyu 2021 08:10
Yangiliklar
Sterling: "Toza penalti. Eng muhimi to'p to'rga borib tushdi"
Angliya terma jamoasi futbolchisi Raxim Sterling Daniyaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu ajoyib o'yin edi. Biz birinchi bo'lib gol o'tkazib yubordik, lekin bunga yaxshi javob bera oldik.
Qiyin bo'lishini bilgandik, ammo xotirjamlikni saqlab qoldik. Endi yakshanba kungi o'yinga bor etiborimizni jamlashimiz lozim.
Angliya uchun futbol qanday ahamiyatga ega ekanligini bilamiz. Energiya, muhit... Barchasi alo darajada edi.
Penalti? Men jarima maydonchasi ichiga kirib bordim. Mele esa o'ng oyog'ini menikiga tekkazdi. Bu toza penalti. To'p to'rga borib tushdi, faqat shu narsa ahamiyatga ega", - dedi Sterling.
Fikrlar