"Sterling so'nggi o'yinlarda jamoaga katta yordam berdi" - Gvardiola
27 noy 2021 14:57
Yangiliklar
"Sterling so'nggi o'yinlarda jamoaga katta yordam berdi" - Gvardiola
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Rahim Sterlingning Manchester klubidagi so'nggi o'yinlari haqida gapirdi.
Oldinroq xabar berilganidek, Sterling "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni to'xtatdi va qishda "Barselona"ga o'tmoqchi, sababi o'zini jamoaning muhim bo'lagi sifatida his qilmayapti.
"Men Sterling uchun mamnunman. U ajoyib formaga kirib oldi va har bir o'yinda jamoaga foyda olib kelmoqda. Aminmanki, u asosiy tarkibdagi o'rin uchun kurashishda davom etadi va o'zining eng yaxshi sifatlarini ko'rsatadi", - deydi Gvardiola.
26 yoshli Sterling joriy mavsum "shaharliklar" tarkibida barcha musobaqalarda 17ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar