Sterling: "SHaxtyor" va hakamdan kechirim so'rayman"
08 noy 2018 11:17
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/461621_original.jpg)
![](/upload/storage/461621_220.jpg)
Sterling: "SHaxtyor" va hakamdan kechirim so'rayman"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Raxim Sterling CHempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turida "SHaxtyor" ustidan qozonilgan g'alabadan (6:0) so'ng, Ukraina klubidan kechirim so'radi.
Hisob 1:0 paytida futbolchi raqib jarima maydonchasida yiqildi va hakam penalti belgiladi.
"To'p bilan ketayotgandim. Keyin nima bo'lganini bilmayman, erga yiqildim. U erda kontakt bo'ldi deb o'ylamayman, o'z aybim bilan yiqildim. Qoqilib, yiqildim, shunday ekan hakam va "SHaxtyor"dan uzr so'rayman" - deydi Sterling.
SHarmandalik! Sterling mana shunday yiqilgani uchun penalti belgilandi VIDEO
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar