Sterling Air Jordan bilan shartnomasidan 100 mln funt ishlab oladi
12 avg 2019 20:30
Yangiliklar


Sterling Air Jordan bilan shartnomasidan 100 mln funt ishlab oladi
"Manchester Siti" vingeri Raxim Sterling Nike kompaniyasi bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.
24 yoshli angliyalik butsadan foydalanish reklamasidan 100 mln funt ishlab olishi mumkin. Ushbu shartnoma dunyoning eng qimmat hamkorligidan biri bo'ladi va Sterling ushbu brend orqali tarixda Air Jordan reklamasida ishtirok etgan birinchi futbolchiga aylanadi.
Air Jordan brendi afsonaviy basketbolchi Maykl Jordanning kompaniyasi hisoblanadi. Bir yil oldin mazkur brend PSJ bilan shartnoma imzolagan holda futbol bozorlariga kirib keldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar