Sterling - 2014 yilda Evropaning eng yaxshi yosh futbolchisi
20 dek 2014 14:45
Yangiliklar


Sterling - 2014 yilda Evropaning eng yaxshi yosh futbolchisi
"Liverpul" yarim himoyachisi Raxim Sterling 21 yoshgacha bo'lganlar orasida Evropaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Golden Boy" nomi bilan mashhur bu sovrin, 2003 yildan beri xar yili "Tuttosport" tomonidan yosh futbolchilarga topshirilib kelinadi. Bu sovringa o'z paytida Lionel Messi, Ueyn Runi va Serxio Aguero kabi futbolchilar ega chiqishgan. O'tgan yili Pol Pogba "Golden Boy" yutug'iga erishgan edi.
"Bu sovrinni yutganimni bilganimdan so'ng, onamga qo'ng'iroq qildim. Aynan u tufayli bu muvaffaqiyatga erishdim. Onam mening hayotimdagi eng kerakli inson. U men uchun ko'p narsadan voz kechgan" - deydi Sterling.

Fikrlar