Stefan Dalmaning ayanchli taqdiri
16 jan 2019 15:19
Yangiliklar
Stefan Dalmaning ayanchli taqdiri
Afsuski, Stefan Dalma "Inter"ning muhim o'yinchilari qatorida bo'lolmadi. 22 yoshli yarim himoyachi 2001 yil qishda "neradzurrilar" tarkibiga PSJdan o'tgan edi. Franciyalik Marko Tardelli (2000-2001) rahbarligi vaqtida asosiy tarkibda o'ynagan bo'lsa, Ektor Kuper (2011-2003) bosh murabbiy bo'lgan kezlarda zaxirada o'tirgan.
Futbolchi ikki yarim mavsum ichida 72ta o'yinda ishtirok etib, 4ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. U "Tottenxem" va "Tuluza"ga ijaraga borgan. 2005 yil esa uni "Rasing"ga sotib yuborishgan. SHundan so'ng, Dalma Franciyaga qaytadi va "Bordo", "Sosho" va "Renn"da to'p tepadi. Keyinchalik "Nim" jamoasi tarkibida esa faoliyatini yakunlaydi.

Dalma faoliyatiga nuqta qo'yganidan so'ng, u haqida hech qanday xabar bo'lmadi. SHu kunlarda u intervyu berib, yo'q bo'lib ketganiga sabab ancha muammolarga duch kelgani ekanligini takidladi.
"Men tushkunlikka tushib qolgandim. 6 yil davomida hech narsa qilolmadim. Bir yarim yil avval esa skuterda avariyaga uchradim. 6 kun jonlantirish bo'limida, yarim yil nogironlar aravachasida o'tirdim. 30dan ortiq operaciyani boshdan o'tkazdim. Bu haqida yaqinlarimdan boshqa hech kim bilmadi", — deya so'zlariga yakun yasadi sobiq futbolchi.
Nozima Zaripova tarjimasi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar