Startga shaylanayotgan Superliga klublari yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rdi? (1-qism)
07 mar 2021 13:04
Yangiliklar


Startga shaylanayotgan Superliga klublari yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rdi? (1-qism)
Ilk turlardan barcha jamoalar muhim ochkolarni jamg'arish payida bo'lishadi. Ahir hech kim oxirgi o'rinni olishni istamaydi-ku. Mavsumni barqaror o'tkazish esa ko'p hollarda tayyorgarlikka, selekciya jarayonlariga bog'liq. Demak, bugun o'z-o'zidan mavsum startiga shaylanayotgan Superliga jamoalarining tayyorgarligi va tarkibdagi o'zgarishlariga nazar tashlaymiz.
Jamoa nomi: "Paxtakor"
Tayyorgarlik joyi: 14-21 yanvar Toshkent, 22 yanvar - 5 fevral Dubay
O'rtoqlik uchrashuvlaridagi natijalar: "Zenit" 0:3, "Spartak" 1:2, "Riga" 0:2, "Qizilqum" 0:0
Jamoani tark etgan futbolchilar: Javohir Sidiqov, Sadriddin Abdullaev, Umid Hamroev, Jaloliddin Masharipov, Doston Hamdamov, Igor Sergeev, Vladimir Kozak, SHohruh Mahmudxojiev, Asad Sobirjonov (ijara), Ulug'bek Hoshimov, Saidazamat Mirsaidov, Bekzod SHamsiev, Odil Hamrobekov, Akrom Komilov
Jamoaga yangi qo'shilgan futbolchilar: SHerzod Temirov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev (ijaradan qaytdi), Marlen CHobanov, Humoyunmirzo Iminov (ijaradan qaytdi), Aziz Turg'unboev, Sardor Rashidov, SHarof Muhitdinov
Jamoa nomi: "Nasaf"
Tayyorgarlik joyi: 7 yanvar Qarshi, 18 fevral Toshkent
O'rtoqlik uchrashuvlaridagi natijalar: "Mashal" 0:1, 0:1, "Dinamo" 0:0, 3:2, "Andijon" 1:0, "SHo'rtan" 2:0, "Surxon" 3:1, "Buxoro" 1:0
Jamoani tark etgan futbolchilar: Islom Kenjaboev, SHarof Muhitdinov, Javohir Esonqulov, Bobir Abdixoliqov, Mashhur Muhammadjonov, Dilshod Rahmatullaev, Ilhom Alijonov, Xudoyorxon Sagdullaev
Jamoaga yangi qo'shilgan futbolchilar: Suhrob Nurulloev, SHokir Yo'ldoshev
Jamoa nomi: AGMK
Tayyorgarlik joyi: 4 yanvar Toshkent, 12-28 fevral Turkiya
O'rtoqlik uchrashuvlaridagi natijalar: "Surxon" 2:0, "Turon" 1:1, "Torpedo Belaz" 2:2, "Jetisu" 2:0, "Atirau" 2:0,"Telavi" 3:2, "Torpedo Belaz" 1:2, "Oq-tepa" 4:1, "Buxoro" 2:2
Jamoani tark etgan futbolchilar: Arslanmirat Amanov, Mate Vatsadze, Elguja Grigalashvili, Saydullo Rahmatov, Akmal SHorahmedov, Bahrom Abdurahimov, Roman Abdulov, Igor Zonich, SHahzod Nurmatov, Nizomiddin Ziyovutdinov (ijaraga berildi), Sardor Abdunabiev (ijaraga berildi), Eldor Begimov (ijaraga berildi), Ergash Ismoilov (ijaraga berildi).
Jamoaga yangi qo'shilgan futbolchilar: Aleksandr Kasyan, Dilshod Ahmadaliev, Ergash Ismoilov, Abbos Otaxonov, SHohruh Gadoev, Botirali Ergashev, Sanjar SHoahmedov, Vladimir Kozak, Elvin Fortes, Akrom Komilov
Jamoa nomi: "Bunyodkor"
Tayyorgarlik joyi: 4 yanvar Toshkent, 21 yanvar-3 fevral Farg'ona "Hokim kubogi"
O'rtoqlik uchrashuvlaridagi natijalar: "Rubin" 3:1, AGMK (yoshlar) 3:2, "Oq-tepa" 3:2, "Qo'qon-1912" 2:2, "Andijon" 1:2, "So'g'diyona" 2:3, "Neftchi" 3:0, "Mashal" 2:1, "Dinamo" 3:1, "Yangier" 0:0, 0:2 "Olimpik" 3:1, "Turon" 1:1, "Istiqlol" 3:0
"Farg'ona viloyati hokimi kubogi"dagi natijalar: Guruh bosqichi, "Navbahor-farm" 0:0, "Turon-2" 3:2, "Neftchi-2" 1:0. CHorak final, "Nur Batken" 5:0. Yarim final, "Neftchi" 2:0. Final, "Istiqlol" 4:1
Jamoani tark etgan futbolchilar: Islom Qobilov, Abdumavlon Abdujalilov, Dilshodbek Ahmadaliev, Sanjar Qodirqulov, Selim Nurmuradov, Vladislav Nuriev, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Otabek Jo'raqo'ziev, Abdurauf Bo'riev, Diyor Rahimqulov.
Jamoaga yangi qo'shilgan futbolchilar: Odiljon Abdurahmonov, Ravshan Yagudin, Sunnatilla Abdullajonov, Sanjar Rashidov, Ibrohim Tomiva, Zafar Safaev, Dian Talxatov, Avazbek O'lmasaliev.
Jamoa nomi: "Qo'qon-1912"
Tayyorgarlik joyi: 4-11 yanvar Qo'qon, 11-25 yanvar Toshkent, 25 yanvar - 3 fevral Farg'ona "Hokim kubogi", 7-26 fevral Toshkent
O'rtoqlik o'yinlaridagi natijalar: "Neftchi" 1:0, "Bunyodkor" 2:2, "Surxon" 2:0, O'zbekiston U-22 2:1, "So'g'diyona" 2:1, "Surxon" 2:0, "Navbahor" 1:1
"Farg'ona viloyati hokimi kubogi"dagi natijalar: Guruh bosqchichi. "Andijon" 3:1, "Buxoro" 0:0, "G'ijduvon" 3:0. CHorak final, "Turon" 2:0. Yarim final, "Istiqlol" (pen.3:5). Uchinchi o'rin uchun bahs. "Neftchi" 2:0.
Jamoani tark etganlar: Muzaffar Muzaffarov, Filip Raevac, Botirali Ergashev, Bek Abdullaev, Quvondiq Ro'ziev, Muhsin Normatov, Sobit Sindarov, Jasur Yoqubov (ijara), Islom Abdullaev (ijara)
Jamoaga yangi qo'shilganlar: Farhod Bekmuratov, , Mo'min Meliev, Slavko Lukich, Anvar Xojimirzaev, Asad Sobirjonov, Ilhom Vahobov, Jamshid Rahmatullaev, Andrey Sidorov, Eldor Adhamov, Xurshid Xo'jaev
Jamoa nomi: "So'g'diyona"
Tayyorgarlik joyi: 4 yanvar sanasidan Toshkentda
O'rtoqlik o'yinlaridagi natijalar: "Surxon" 3:2, "Oq-tepa" 4:1, "Andijon" 2:1, "Bunyodkor" 3:2, "Dinamo" 1:0, "Qo'qon-1912" 1:2, "Rubin" 4:1,
Jamoani tark etganlar: Sanat SHixov, Sanjar Rashidov, SHavkat Mullajonov
Jamoaga yangi qo'shilganlar: Arslanmirat Amanov, Luka CHermel, Ergash Ismoilov (AGMKdan ijaraga olindi), Oybek Nurmatov, Asiljon Begimqulov
Jamoa nomi: "Metallurg"
Tayyorgarlik joyi: 11 yanvar sanasidan Toshkentda
O'rtoqlik o'yinlaridagi natijalar: "Navbahor" 1:4, "Turon" 0:1, "Andijon" 4:0, "Dinamo" 0:0, O'zbekiston U-22 0:2
Jamoani tark etgan futbolchilar: Abbos Otaxonov, Abdurahmon Abdulhaqov (ijara), Muhammad Isaev, Jasur O'rinov, Xudoyshukur Sattorov, Murod Bobojonov, SHahzod Ubaydullaev
Jamoaga yangi qo'shilgan futbolchilar: Evgeniy Makeev, SHahzod Nurmatov, Ivan Nagaev, Nikita Pavlenko, Akbar Ismatullaev (qaytdi) Damir Temirov
Abdulaziz Iskandarov tayyorladi
Davomi bor...
O’xshash yangiliklar

Fikrlar