Stankovich "Qo'qon-1912"ga keldi
23 jan 2019 12:57
Yangiliklar
Stankovich "Qo'qon-1912"ga keldi
“Qo'qon-1912” jamoasi safiga Serbiyalik legioner futbolchilar kelib qo'shildi.
Hozircha Qo'qonliklar tarkibiga ikki nafar xorijlik o'yinchilar kelishdi. Bular biz uchun tanish bo'lgan Marko Milich va yarim himoyachi Nenad Stankovich.
Yuqorida aytib o'tganimizdek, Marko Milich o'tgan mavsum ham jamoa safida to'p surgandi.
Stankovich esa ko'rikda bo'lib turibdi. Nenad Stankovich 1992 yil 19 sentyabr kuni tavallud topgan.Bo'yi 179 sm, og'irligi 70kg, maydonda poziciyasi yarim himoyachi. Oxirgi jamoasi "FK Sindelik". Ushbu jamoa safida Serbiya Birinchi ligasida 20 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Umuman olganda, Nenad so'nggi to'rt mavsumni aynan shu klub safida o'tkazgan.
"Qo'qon-1912" tarkibiga shu kunlarda yana bir legioner futbolchi, bu safar hujumchi kelib qo'shilishi kutilmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar