So’nggi yangiliklar

12:04"Челси" скаутлари "Милан дерби"сини стадиондан кузатишган  0 11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  7 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  3 10:25«Барселона» вице-президенти Хавининг келажаги борасида расмий баёнот берди  11 10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  9 09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  6 09:22«Челси» Почеттинонинг ўрнига бош мураббий топди  5 08:57«Атлетик» афсонаси Икер Муниаин ёзда жамоадан кетишини маълум қилди  5 08:34Фернандо Торрес қайси жамоани бошқариши маълум  5 08:10«Барселона» «Манчестер Сити» етакчиларидан бирини 50 миллион еврога сотиб олиши мумкин  6 07:44Клопп кечаги мағлубиятдан сўнг чемпионлик имкониятлари ҳақида гапирди  14 07:20Лига 1. "Монако" - "Лилль" 1:0  1 07:15Лига 1. "Лорьян" - ПСЖ 1:4  1 07:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Шеффилд" 4:2  1

Stanislav CHerchesov: "Asosiy vazifa - Evropa chempionligi" (matbuot anjumani) Yangiliklar

Stanislav CHerchesov: "Asosiy vazifa - Evropa chempionligi" (matbuot anjumani)

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav CHerchesov Evropa chempionati saralash bosqichi doriasidagi Kipr ustidan qozonilgan yirik g'alaba va Evro-2020ga chiqish uddalanganidan keyin matbuot anjumanida asosiy vazifa umuman boshqa ekanligini takidladi.

"Vazifa bajarildi. Jamoamning o'yinga bo'lgan munosabati menga yoqdi. Faqat texnik taraflama bazi savollar mavjud va buni muhokama qilamiz. Mazkur o'yinda terma jamoa safida ikki nafar futbolchi - Karavaev va Bakaev debyut qildi. Barchani g'alaba bilan tabriklayman", - deya gap boshladi Stanislav CHerchesov.


- Asosiy vazifa bajarildimi?

- Yo'q, yo'q.

- Keyingi, yani asosiy vazifa Belgiyani mag'lub etishmi?

- Asosiy vazifa - Evropa chempionligini qo'lga kiritish.  Malum va yuqori vazifalar bo'ladi. Hozirgi kunda bizning oldimizda turgan vazifa uyda Belgiyani mag'lub etish. CHunki biz ular bilan guruh peshqadamligi uchun kurashmoqdamiz. Qura haqida unutmasligimiz kerak. Guruh bosqichidan keyin barcha qurani kutadi. Birinchi korzinkada bo'lish uchun esa guruh g'olibligi kerak. Yoki ikkita eng yaxshi ko'rsatkichdagi ikkinchi o'rin sohibi bo'lish lozim. Biz hozirda o'sha ikkita jamoadan biri bo'lib turibmiz. Ko'p narsa quraga bog'liq. Raqiblarga qarab kerakli futbolchilarni jalb etamiz. 

- O'zingizni qahramonlardek his etyapsizmi? CHunki terma jamoa rulida ketma-ket ikkita yirik musobaqada ishlaysiz...

- Yo'q. Men terma jamoa bosh murabbiyiman. Jamoa bilan esa oldimizga qo'yilgan vazifalarni maksimal darajada bajarishga harakat qilamiz. O'yindan keyin ortiqcha his-hayajonlar bo'lgani yo'q. Flesh-intervyu berdim, jamoa bilan muxlislar oldiga borib bir-birimizni olqishladik. Qshlga kiritilgan yutuqni kamtargina shunday nishonlash etarli. Qo'lingda kubok yoki bo'yningda medal bo'lmasa, qolgani bekor. O'yindan avval futbolchilarga jiddiy vazifalar yuzda tabassum bilan bajarilishini takidlagandim. Ular buni uddalashdi. Vazifani yuzda tabassum bilan bajardik.

- JCH-2018dan oldin butun matbuot bu Rossiya terma jamoasi tarixidagi eng kuchsiz jamoa ekanligini yozgandi. Hozir esa vaziyat o'zgargan. Matbuotga qarasangiz, bu terma jamoa balki tarixdagi eng kuchlisi degan sarlavhalarga ham ko'zingiz tushishi mumkin...

- Siz meni bu sarlavhalarga ishonadi deb o'ylaysizmi? Yo'q! Men jahon chempionatidan avval ham ishonmagandim. Hozir ham ishonmayman. Anjumanda Arshavin ham o'tiribdi. Ishonmasangiz aytishi mumkin. SHunday raqiblar bo'ladiki, ular sendan kuchli, lekin bu jamoaga qarshi o'ynash qulayroq bo'ladi. Belgiya bizdan kuchli. Lekin bu degani bizda imkoniyat yo'qligini anglatmaydi. Bizning eng asosiy kuchimiz - qo'limizdan keladigan ishni yaxshi bajaramiz. Masalan menga ham bazan jamoa ko'rsatayotgan o'yin yoqmaydi. Lekin futbolchilarning imkoniyatidan kelib chiqib o'yin quramiz. Bor gap shu. Muhimi, jamoamizda befarq futbolchilar yo'q. Bunday futbolchilar meni qo'l ostimdagi jamoada bir soniya ham ushlanib qolmaydi. 

- Terma jamoa rang-barang o'yin ko'rsatishni boshladi. Avvallari faqat Dzyubaga to'p oshirish orqali o'yin qurilardi...

-  Bazi jihatlar bo'yicha o'sishga erishganmiz. Doim raqibni kerakli darajada baholab, ularga qarab o'yin quramiz. Agarda bugungi o'yinimizni Belgiyaga qarshi bahsda ham ko'rsata olsak, unda biror narsa deya olaman. Kipr singari raqib foniga qarab baho berish erta. Top jamoalarga qarshi o'yinda ko'ramiz.

- San-Marinoga qarshi bahsda yangi debyutantlar yana ko'payadimi?

- Bu haqida mendan so'ramang. Bizda har qanday o'yinda jamoaga aylanishi lozim bo'lgan terma jamoa bor. Atayin biz hech narsani qilmaymiz. Bu terma jamoa. Agarda Fernandez jarohat olmaganida, unda Petrovni o'rniga Mario o'ynagan bo'lardi. Terma jamoada kuchlilar o'ynaydi. Yangi futbolchilarni esa asta-sekinlik bilan jamoa o'yiniga qo'shiladi. 

- Nega aynan Petrov o'ynadi, Karavaev yoki Ignatev emas?

- Javob oddiy: bosh murabbiy shunday qarorga keldi. CHunki meni bunday qarorga kelishimga futbolchi ishontirdi.

- Evropa chempionatiga saralash bosqichidagi ishtiroki uchun terma jamoaga necha ball qo'yasiz?

- Bahoni men emas, sizlar qo'yasizlar. Biz esa o'zimizning ishimizni qilamiz. Rossiya terma jamoasiga haqiqiy bahoni Evropa chempionatidan keyin qo'yamiz.

- O'yin Rossiyada o'tgandek tuyuldimi? Yoqimli, a?

- SHunday dedim. Natijadan ko'nglim to'q, muxlislik ajoyib bo'ldi. Ularga katta rahmat aytaman. Fakt: Hech kimni stadionga majburan jalb etib bo'lmaydi. Muxlislarga qizikdirki, ular stadionga kelishmoqda. Biz ushbu qiziqishni juda qadrlaymiz va istardimki, ushbu ko'rinmas iliq aloqa uzilmasin.


Rossiya terma jamoasi ikki tur avval Evropa chempionatiga beriladigan yo'llanmani qo'lga kiritdi va Belgiya hamda Italiya qatoridan o'rin olib, kelasi yili yozda o'tadigan Evropa chempionatining uchinchi ishtirokchisiga aylandi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика