So’nggi yangiliklar

18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  0 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  1 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  1 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  2 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1

Stadionlar uchun OFK talablari Yangiliklar

Stadionlar uchun OFK talablari

Teglar :  OCHL-2017Stadionlar
OFK miqyosidagi musobaqalar, OCHL, OFK Kubogi, Osiyo Kubogi, yoshlar va o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati, ayollar o'rtasidagi qita chempionatlari uchrashuvlarini o'tkazish uchun stadionlarga qo'yilgan talablar OFK stadion reglamentida yozib qo'yilgan.

Kamchiliklarni bartaraf etishni istagan klublar qachondir xalqaro musobaqalarda ishtirok etishni kutib turmasdan o'sha erda yozilgan malumotlardan foydalanishlari mumkin. Demak, talablar quyidagilardan iborat:

1. Stadion sertifikatga ega bo'lishi, unda ishtirokchilar va muxlislar xavfsizligi taminlangan, qutqaruv holatlari amalga oshirilishi tezkor ravishda bajarilishi shart

2. Stadion eng yaqin aeroportdan 100 kmdan uzoq bo'lmagan masofada joylashishi, yo'lga 1 soatdan kam vaqt ketishi, markaziy aeroportdan kamida 4 bor o'sha hududga reyslar amalga oshirilishi lozim (agar cheka hudud jamoalari bo'lsa)

3. Maydon sifati OFK talablariga javob berishi kerak, uzunligi 100-110 metr, eniga 64-75 metr hajmda bo'lishi zarur, maydon drenaj tizimi ishlashi taminlanishi shart

4. Yoritkichlar 1200 lyuks bo'lib, ikkinchi zaxira generatori qisqa vaqt oralig'ida butun stadionni taminlab beradigan ishga tushishi lozim, stadionda uchrashuv vaqti ko'rsatib turilishi kerak

5. Zaxira o'rindig'ida 20tadan stul bo'lishi lozim

6. Jamoalar uchun 4 kiyinish xonasi, har bir kiyinish xonasida 4tadan dush va hojatxona, 30 stul va kiyinish uchun joy, 1ta massaj stoli, taktik doska, muzlatkich, havo almashtirish moslamasi ishlashi lozim

7. Hakamlar xonasida ham muzlatkich va kondicioner bo'lishi, 1 stol, 5 stul, 1tadan dush hamda tualet bo'lishi shart

8. Uchrashuv komissari xonasida internet, printer, faks va kserokopiya apparati ishlashi lozim. SHuningdek, o'sha kompyuter zarur dastur va qurilmalarga ega bo'lishi belgilangan. Yirik musobaqalar paytida OFK delegaciyasi xonasi, miting xonasi (30 kishilik), to'pni olib beruvchi va bayroq olib chiquvchi bolalar uchun xonalar bo'lishi kerak

9. 2 avtobus va 10 mashina sig'adigan parking

10. Media markazi kamida 100 kv. metrdan iborat bo'lib, kondicioner, faks, internet va kserokopiya apparatishi bo'lishi lozim

11. Media tribunasi to'silgan, 20 stolsiz va 50 stolli joylar internet bilan taminlangan bo'lishi kerak. Media markazi, matbuot anjumani, media tribunasi va mikst zona bir tomonda joylashtirilishi shart

12. Matbuot anjumani xonasida 5 kishilik ishtirokchilar joyi, 70 jurnalistlar uchun joylar, podium, audio sistema va kameralarga qulay joylar yaratilishi lozim

13. Tibbiyot va doping nazorati xonasi barcha jihozlar bilan taminlanishi shart

14. VIP joylar kamida 50tadan iborat bo'lib, u 200 kv. metrdan kam emasligi tavsiya qilinadi

15. SHarhlovchilar xonasi 6ta bo'lishi va har birida kamida uchtadan stullar foydalanishga tayyor turishi lozim. Kameralar uchun ham barcha joylar yaratib berilishiga imkoniyat bo'lishi lozim

Aynan shu talablar eng muhimlari sanaladi. Umuman olganda, talablarning o'zi 28-30 sahifadan iborat qilib yozilgan alohida hujjatdan iborat. Eng muhimlarini biz sanab o'tdik. Hujjatni qo'lga olganda u juda ham ko'p banddan iboratdek tuyulsa-da, aslida unda ko'zda tutilgan shartlarni bajarish uchun bir oz ishtiyoq va mehnatning o'zi etadi. Yuqoridagi shartlarni o'zingiz joylashgan hududdagi stadionlardagi holatlar bilan solishtirib ko'rishingiz mumkin. Har holda, aksariyat ishqibozlar ham hech bo'lmasa bir martadan jamoa stadionidagi sharoitlar bilan tanishib chiqqan bo'lishi tabiiy. Muxlislar uchun ham ko'zda tutilgan bandlar mavjud bo'lib, hojatxonadan foydalanish, o'z joylarini egallashda ularga to'siq bo'lmasligi lozim. Barcha kirish eshiklari ochilib, salqin ichimliklar hamda oziq-ovqatlar sotuvi tashkil qilinishi lozim.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика