So’nggi yangiliklar

16:30Лукаку "Наполи"га ўтишга яқин  1 16:04"Атлетико" Альварес трансфери устида ишламоқда  1 15:39Месси терма жамоадаги шерикларига қулоқчинлар совға қилди  5 15:08Хайр, Саутгейт! Англия терма жамоаси устози ишдан бўшатилди  11 14:52Испания қироли миллий терма жамоани Евро-2024даги ғалаба билан табриклади  0 14:21Мбаппе Мадридда тиббий кўрикдан ўтди ва мухлислар билан кўришди  7 13:55Эшитдик-да! "Бунёдкор" ярим ҳимоячиси "Динамо"га ўтмоқда   2 13:32"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Санжарбек Алимуҳамедов  1 13:28Чеферин 2027 йилдан кейин ҳам УЕФА раҳбари бўлиб қолиши мумкин  1 12:55Ёзги трансфер-2024. Суперлига клубларидаги барча ўзгаришлар битта саҳифада. Кимда қандай вазият?  9 12:54"Насаф" "Спартак"ка ютқазди, ўзбекистонлик мухлислар эса Москвада ҳам "ёрворишди"   8 12:29Жоау Феликс фаолиятини "Арсенал"да давом эттириши мумкин  3 12:07Ҳожимат Эркинов оилавий масалалар сабаб Олимпия терма жамоамиз таркибига киритилмаганми?  52 11:31«Ал Насср» Эдерсон трансферидан воз кечиши мумкин  3 11:15Ўртоқлик учрашуви. "Спартак" - "Насаф" 3:0, "Насаф" Россиянинг 10 карра чемпионига имкониятни бой берди  11

Stadiondagi ur-to'polon, gaz ishlatgan policiya hamda Rim Papasining bashorati - janjallar girdobidagi mamlakat mezbonligida o'tgan Evropa chempionatini yodga olamiz Yangiliklar

Stadiondagi ur-to'polon, gaz ishlatgan policiya hamda Rim Papasining bashorati - janjallar girdobidagi mamlakat mezbonligida o'tgan Evropa chempionatini yodga olamiz

Evropa chempionati tarixiga oid qiziqarli malumotlar bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

1980 yilgi Evropa chempionati final bosqichi 11–22 iyun kunlari Italiya yashil maydonlarida o'tkazildi. Ushbu bosqichda tarixda ilk marotaba 8 ta terma jamoa ishtirok etdi. SHuningdek, ushbu turnir uchinchi o'rin uchun o'yin o'tkazilgan so'nggisi hisoblanadi.


31 mamlakat qatnashgan saralash guruh bosqichida peshqadamlikni qo'lga kiritgan etti jamoa final bosqichiga yo'l oldi.

Yakunda asosiy bosqichda saralashdan ozod qilingan Italiya (mezbon), Greciya, Angliya, Niderlandiya, CHexoslovakiya, Ispaniya, Belgiya, GFR (G'arbiy Germaniya) ishtirok etdi.

SHuningdek, tarixda ilk marotaba Evropa chempionatining rasmiy maskotlari ham taqdim etildi. Ushbu ramz italyan ertaklarining eng mashhur qahramoni — Pinokkio edi.

Turnir mezboni uch yil ilgari aniqlangani sababli Italiya musobaqaga mezbonlik qilishga majbur edi. Aslida Italiyadagi vaziyat juda yomon edi. 6 yanvar kuni mafiya Respublika amaldagi prezidentining katta akasi Piersanti Mattarellani o'ldirdi. Jurnalist Valter Tobagi ham terrorchilar qo'lida halok bo'ldi. Yoz fasli qonli Ustika qirg'ini bilan, noyabr oyida esa zilzila fojiali ravishda odamlarni larzaga soldi.

Janjallar futbolni ham chetlab o'tmadi. Italiya futbolidagi korrupciya mojarosi sifatida tarix sahifalaridan o'rin olgan "Totonero" nomi bilan atalgan voqealar mart oyida boshlandi.

23 mart kuni Rimdagi soliq policiyasi bazi italyan futbolchilari katta pul mukofotlari evaziga o'yinlarni sotayotgani, hatto bukmeker o'yinlarida ishtirok etayotganini aniqladi. Tekshiruvlar natijasida "Milan", "Lacio", "Napoli", "Peruja", "Bolonya", "Avelino" (A Seriya klublari), "Taranto" va "Palermo" (B Seriya klublari) klublarida qonunbuzarliklar sodir etilgani aniqlandi.

Tergov uchun 13 nafar futbolchi hibsga olindi, yuzga yaqin o'yinchi so'roqqa chaqirildi, tekshiruvlar natijasida "Milan" va "Lacio" klublari B Seriyaga tushirib yuborildi. Bazi klublardan 5 ochko olib qo'yildi. Bundan tashqari, Italiya terma jamoasining bir qancha yulduzlari, jumladan, Bruno Jordano va Paolo Rossi kabi futbolchilar diskvalifikaciyaga uchrab, bir necha yilga futboldan chetlashtirildi. Buning oqibatida mezbon jamoa tarkibi zaiflashdi. Notinch vaziyat tomoshabinlar tashrifiga ham sezilarli tasir o'tkazdi. Guruh bosqichi o'yinlarida stadionlarga 10–15 ming atrofidagi ishqiboz tashrif buyurdi.

"A" guruhida g'olib chiqqan GFR finalga yo'l oldi. Ikkinchi o'rindagi CHexoslovakiya esa uchinchi o'rin uchun kurashadigan bo'ldi. Niderlandiya va Greciya esa musobaqa bilan xayrlashdi.

Dastlabki ikki o'yinda g'alaba qozonganiga qaramay, GFRning 14 000 tomoshabin qarshisida Greciya bilan durang o'ynagani mahalliy ishqibozlarga manzur kelmadi. Uchrashuvda darvozalarga to'p kiritilmadi, greklar hatto 70-daqiqada darvoza ustunini nishonga olishdi. Berlinda chop etilgan haftalik futbol gazetasi 0:0 hisobida tugagan o'yin hisoboti uchun ajratilgan sahifani bo'm-bo'sh qoldirdi. 

Bosh murabbiy Yupp Derval bunday kinoya va tanqidni unchalik tushunmasdi. Matbuot anjumanida uning jahli chiqdi: "Yigitlar, men bu erda o'zimni dafn marosimidagidek his qilyapman. Janoblar, biz Evropa chempionati finalidamiz. Bir yil avval Maltaga qarshi 0:0 o'ynagimizdan keyin hal qiluvchi bosqichga chiqishimizga kim ishongandi?

Murabbiy musobaqaga ruxsat etilgan 22 nafar futbolchi o'rniga 19 kishini olib keldi. U ortiqcha o'yinchi kiyinish xonasida janjal chiqarish uchungina xizmat qilishi mumkin deb hisobladi.


"A" guruhi

Rim, 11 iyun, 1980 yil.

GFR – CHexoslovakiya 1:0

Gol: K.X. Rummenigge 57′

Hakam: Mikelotti (Italiya)

GFR: SHumaxer, Kalc, Kulmann, K.X.Fyorster, Ditc, B.Fyorster (60 Magat), SHtilike, Brigel, X.Myuller, K.X.Rummenigge, K.Allofs

CHexoslovakiya: Netolicka, Barmos, Ondrus, Yurkemik, Gyog, Kozak, Stambaxr, Panenka, Vijek, Nexoda, Gaydusek (66 Masni)

Neapol, 11 iyun 1980 yil.

Niderlandiya – Greciya 1–0

Gol: Kist 65′ (P)

Hakam: Prokop (Germaniya)

Niderlandiya: SHrayvers (15 Dusburg), Veynstekers, Krol, Van de Korput, Xovenkamp, Stivens, Xaan, V.van de Kerkxof, Vreysen (46 Nanninga), Kist, R.van de Kerkxof

Greciya: Konstantinu, Kirastas, Iosifidis, Foyros, Kapsis, Terzanidis, Livatinos, Kuis, Kostikos (78 Galakos), Mavros, Ardizoglu (68 Anastopulos)


Neapol, 14 iyun 1980 yil.

GFR – Niderlandiya 3:2

Gollar: Allofs 20′, Allofs 60′, Allofs 65′, Rep 79′, Van de Kerkxof 85′

Hakam: Vyurc (Franciya)

GFR: SHumaxer, Kalc, SHtilike, Ditc (75 Matteus), K.X.Fyorster, SHuster, X.Myuller (65 Magat), Brigel, Xrubesh, K.Allofs, K.X.Rummenigge

Niderlandiya: SHrivers, Xovenkamp (46 Nanninga), Veynstekers, Krol, Van de Korput, Stivens, Xaan, V.van de Kerkxof, Kist, R.van de Kerkxof, Rep

Rim, 14 iyun 1980 yil.

CHexoslovakiya – Greciya 3–1

Gollar: Panenka 6, Anastopulos 14, Vizek 26, Nexoda 62.

Hakam: Partrij (Angliya)

CHexoslovakiya: Seman, Barmos, Ondrus, Yurkemik, Gyog, Kozak, Berger (23 Lichka), Panenka, Vijek, Nexoda (74 Gaydusek), Masny.

Greciya: Konstantinu, Kirastas, Iosifidis, Foyros, Kapsis, Terzanidis (46 Galakos), Livatinos, Kuis, Kostikos (57 Ksantopulos), Mavros, Anastopulos.


Milan, 17 iyun 1980 yil.

CHexoslovakiya – Niderlandiya 1:1

Gollar: Nexoda 16; Kist 59

CHexoslovakiya: Netolicka, Barmos, Ondrus, Voyachek, Yurkemik, Gog, Kozak, Panenka (89 Stambaxr), Vijek, Nehoda, Masni (66 Lichka)

Niderlandiya: SHrivers, Krol, Veynstekers, Van de Korput, Xovenkamp, Poortvlit, Teyssen, V.van de Kerkxof, R.van de Kerkxof (16 Kist), Rep (46 Nanninga), Xaan


Turin, 17 iyunya 1980 g.

GFR – Greciya 0–0

Hakam: Makginli (SHotlandiya).

GFR: SHumaxer, Kalc, SHtilike, K.X. Fyorster, B.Fyorster (Votava, 46), Brigel, Kullmann, X.Myuller, K.X.Rummenigge (Del Xaye, 66), Xrubesh, Memering

Greciya: Pupakis, Gunaris, Ksantopulos, Nikolau, Ravusis, Nikoludis (65 Kudas), Livatinos, Ardizoglu, Galakos, Mavros (89 Kostikos), Kuis


Turnir jadvali:

1. GFR - 5 ochko

2. CHexoslovakiya - 3 ochko

3. Niderlandiya - 3 ochko 

4. Greciya - 1 ochko

Avvallari g'alaba uchun 2 ochko taqdim etilgan.

"B" guruhida Belgiya peshqadam sifatida kubok sari maydonga chiqadigan, Italiya esa bronza medali uchun kurashadigan bo'ldi. Angliya va Ispaniya esa erta ortga qaytdi.

Musobaqanng ochilish kuni tun payti Turin ko'chalarida 200 nafar ingliz va italiyalik bezorilar o'rtasida janjal sodir bo'lgan, buning natijasida policiya 36 kishini hibsga olgan.

Angliya va Belgiya o'rtasidagi o'yinning birinchi bo'limida inglizlar darvozasi ishg'ol qilingach, italiyaliklar olqishlashni boshlaydi. Natijada inglizlar va italyan ishqibozlar o'rtasida yana janjal sodir bo'ldi. Hodisa oqibatida to'qqiz nafar italiyalik kasalxonaga yotqizilgan, ulardan bazilariga pichoq bilan hujum qilingan. Bezorilik sodir etilishi oqibatida policiya ko'zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatishga majbur bo'lgan va taym besh daqiqaga cho'zilgan.

"Men bunaqa ingliz bo'lishdan uyalaman", — dedi o'yindan keyin angliyalik futbolchi Kevin Kigan. Bobbi CHarlton esa hayratda ekanligini bildirdi: "Bular biz tarbiyalagan yigitlarmi?"

“To'satdan hech qanday sababsiz ko'zim yoshlana boshladi”, — deydi Angliya darvozaboni Rey Klemens. "Meni dahshatli tuyg'u qamrab oldi, men hech narsani ko'rmasdim. Keyin ortimda janjal bo'layotganini angladim".

UEFA ommaviy tartibsizliklar uchun beayb Angliya futbol associaciyasini 8000 funt-sterling miqdorida jarimaga tortdi. 

Angliyaning Italiyaga qarshi o'yini oldidan ham  mushtlashuv sodir bo'ldi, ammo policiya bunga tayyor edi, shu bois to'polon tezda bostirildi.

"B" guruhi

Turin, 12 iyun 1980 yil.

Belgiya – Angliya 1:1

Gollar: Uilkins 26’, Sulayman 30’

Hakam: Aldinger (Germaniya)

Belgiya: Pfaff, Gerets, Renken, Vandereyken, Millekamps, Meuvs, Van der Elst, Van Moer (88 Mommens), Vandenberg, Kuls, Sulayman.

Angliya: Klemans, Nil, Sensom, Uilkins, Uotson, Tompson, Koppell (81 Makdermott), Kigan, Jonson (70 Kennedi), Bruking, Vudkok.


Milan, 12 iyun 1980 yil.

Ispaniya – Italiya 0–0

Hakam: Palotai (Vengriya).

Ispaniya: Arkonada, Tendillo, Gordilo, Samora, Migeli, Aleksanko, Dani (53 Xuanito), Saura, Satrustegi, Asensi, Kini.

Italiya: Zoff, Jentile, Tardelli, Kabrini (56 Benetti), Kollovati, SHirea, Kauzio, Oriali, Graciani, Antononi, Bettega.


Milan, 15 iyun 1980 yil.

Ispaniya – Belgiya 1–2

Gollar: Gerec 17’. Kini 36, Kuls 65

Hakam: Korver (Niderlandiya)

Ispaniya: Arkonada, Tendilo (79 Karrasko), Gordilo, Samora, Migeli, Aleksanko, Xuanito, Saura, Satrustegi, Asensi (Del Boske, 37), Kini.

Belgiya: Pfaff, Gerets, Renken, Vandereyken, Millekamp, Meuvs, Van der Elst, Van Moer (80 Mommens), Vandenberg (81 R.Verxeyen), Kuls, Sulayman.


Turin, 15 iyun 1980 yil.

Italiya – Angliya 1–0

Gol: Tardelli 79′

Hakam: Raynya (Ruminiya).

Italiya: Zoff, Jentile, Tardelli, Benetti, Kollovati, SHirea, Kauzio (88 G.Barezi), Oriali, Graciani, Antononi, Bettega.

Angliya: SHilton, Nil, Sensom, Uilkins, Uotson, Tompson, Koppell, Kigan, Bertlz (75 Mariner), Vudkok, Kennedi.

Neapol, 18 iyun

Ispaniya – Angliya 1–2

Gollar: Brukong 19, Deni 48, Vudkok 61.

Hakam: Linemayr (Avstriya).

Ispaniya: Arkonada, Kundi, Gordilo, Samora, Elm, Aleksanko, Xuanito (46 Karrasko), Uriya, Saura, Santilyana, Kardenosa (46 Deni).

Angliya: Klemans, Anderson (CHerri, 83), Mills, Uilkins, Uotson, Tompson, Xoddl (Mariner, 76), Kigan, Vudkok, Bruking, Makdermott.


Rim, 18 iyun 1980 yil.

Italiya – Belgiya 0–0

Hakam: Garrido (Portugaliya).

Italiya: Zoff, Djentile, Tardelli, Benetti, Kollovati, SHirea, Kauzio, Oriali (46 Altobelli), Graciani, Antononi (36 Dj.Barezi), Bettega.

Belgiya: Pfaff, Gerets, Renken, Vandereyken, Millekamp, Meuvs, Van der Elst, Van Myor (R.Verxeyen, 49), Mommens (Vandenberg, 78), Kuls, Sulayman.


Turnir jadvali:

1. Belgiya - 4 ochko

2. Italiya - 4 ochko

3. Angliya - 3 ochko

4. Ispaniya - 1 ochko

Avvallari g'alaba uchun 2 ochko taqdim etilgan.

Uchinchi o'rin uchun CHexoslovakiya va Italiya o'rtasidagi bellashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida 18 ta zarba yo'llandi, yakunda sharqiy evropaliklar zafar quchdi.

Neapol, 21 iyun 1980 yil.

CHexoslovakiya – Italiya 1–1 (9–8 penaltilar bo'yicha)

Gollar: Yurkemik 54′, Graciani 73′

Penaltilar seriyasi: Kauzio 0-1, Masni 1-1; Altobelli 1-2, Nexoda 2-2; G.Barezi 2-3, Ondrus 3-3; Kabrini 3–4, Yurkemik 4–4; Benetti 4-5, Panenka 5-5; Graciani 5–6, Gyog 6–6; SHirya 6-7, Gaydusek 7-7; Tardelli 7–8, Kozak 8–8; Kollovati 8-8 (seyv), Barmos 9-8

CHexoslovakiya: Netolicka, Barmos, Yurkemik, Gyog, Voyachek, Ondrus, Vizek (64 Gaydusek), Kozak, Panenka, Negoda, Masny.

Italiya: Zoff, Djentile, Kabrini, J.Barezi, Kollovati, SHirea, Kauzio, Tardelli, Graciani, Altobelli, Bettega (83 Benetti)

Hakam: Linemayr (Avstriya).


Finalda Belgiya GFRga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. SHu tariqa, nemislar o'z tarixida ikkinchi marotaba qita chempioniga aylandi.

"Uchrashuvning asosiy vaqtida chempionlik masalasini hal qilmasak, qo'shimcha bo'limlarda buni uddalay olmasdik, yani bizdan ortiqcha kuch talab etilardi. O'sha kuni havo juda issiq edi. O'yin davomida shunchalik charchadimki, kubokni boshim uzra zo'rg'a ko'tardim", — dedi final uchrashuvining hal qiluvchi to'purari Xorst Xrubesh.

Finaldagi hal qiluvchi gollarni urgan Xrubesh G'arbiy Germaniya terma jamoasi qaydnomasidan o'rin olmagandi, biroq "SHalke-04" hujumchisi Klaus Fisher oyog'ini sindirib olgandan keyingina uning o'rniga chaqirildi.

Guruh bosqichi doirasida Greciyaga qarshi o'yin oldidan Xorst Xrubesh jamoadoshlari bilan Vatikanga tashrif buyurib, Rim papasi Ioann II bilan uchrashgan. Papa ularni duo qilish uchun, odatdagidek, ikki barmog'ini yoydi. "Xorst, bu belgi g'alaba ishorasi, sen ikkita gol urasan degani!", — deya hazillashdi gamburglik jurnalist Gerd Krall.

Biroq Greciya bilan uchrashuvda hisob ochilmadi. "Rim papasi yolg'on aytayotgan bo'lishi mumkin emas", — dedi Xrubesh. Unda biroz ishonchsizlik paydo bo'ldi. Ammo duo finalda ijobat bo'ldi. Xrubesh dublga erishdi. Jurnalist tribunadan sakrab tushdi va Xrubeshga qichqirdi: “Ko'rdingmi, Xorst, Rim papasi yolg'on gapirmaydi”.

Rim, 22 iyun 1980 yil.

GFR – Belgiya 2:1

Gollar: Xrubesh 10′, Vendereyken 72′, Xrubesh 88′

Hakam: Raynya (Ruminiya)

GFR: SHumaxer, Kalc, K.X.Fyorster, SHtilike, Ditc, Brigel (55 Kullmann), SHuster, X.Myuller, K.X.Rummenigge, Xrubesh, K.Allofs

Belgiya: Pfaff, Gerec, L.Millekamp, Meuvs, Renkvin, Kuls, Vandereyken, Van Moer, Mommens, Van der Elst, Sulayman.


Turnir davomida Bernd SHusterning xizmatlari alohida ahamiyat kasb etdi. Maydonda asosiy ijrochi vazifasini bajargan 20 yoshli yarim himoyachi to'rtta o'yinning ikkitasida maydonga tushganiga qaramay, o'yinni nazorat qilish, raqib hujumlarini bartaraf etish va hujumlar tashkil etish hamda golli uzatmalar amalga oshirishda ko'zga tashlanib turdi. Finalda ham ilk assist SHuster hisobiga yozildi. SHunga qaramay, musobaqadan so'ng "Barselona"ga yo'l olgan futbolchi kelishmovchiliklar tufayli jami 21 o'yindan so'ng 24 yoshida terma jamoadagi faoliyatiga yakun yasadi.

Musobaqada Niderlandiyaga qarshi o'yinda xet-trikka erishgan GFR hujumchisi Klaus Allofs 3 ta gol bilan to'purarga aylandi.

Ramziy terma jamoa: D.Zoff (Italiya), K.Jentile (Italiya), K.X.Fyorster (GFR), G.SHirea (Italiya), X.P.Brigel (GFR), YA.Kyolemans (Belgiya), M.Tardelli (Italiya), B.SHuster (GFR), X.Myuller (GFR), K.X.Rummenigge (GFR), X.Xrubesh (GFR).

Yil so'ngida ko'hna qitaning eng yaxshi o'yinchisi uchun beriladigan "Oltin to'p" sovrini uchun nomzodlar qatorida dastlabki ikki o'rinni nemislar egalladi, Karl-Xaync Rummenigge sovringa ega chiqqan bo'lsa, Bernd SHuster ikkinchi o'rinni band etdi.


Rossiyaga borishdan bosh tortgan Ispaniya, etakchilarsiz qatnashgan Franciya hamda bashoratchi shifokori bilan g'olib bo'lgan SSSR — ilk Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz

Di Stefano, Pushkash kabi futbolchilarni chaqirmagan chempion hamda kumush medallar uchun ishdan haydalgan murabbiy — ikkinchi Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz

Tanga tashlash orqali finalchi aniqlangan hamda hal qiluvchi o'yini qayta o'tkazilgan Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz 

"Mersedes" "Zaporojec"ni changida qoldirib ketdi — futbol murabbiyi bo'lishdan boshqa hamma ishni qilishga rozi bank mutaxassisi g'olib bo'lgan Evropa chempionatini yodga olamiz

"Panenka" zarbasi kashf etilgan hamda kashanda murabbiy bilan raqib libosi ostida kubok ko'targan Evro-1976 chempioni haqida hikoya qilamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
28 may 13:59:51
Jasur/barsa
Zoʻr chiqibdi mazza qilib oʻqidim. Ijodizga omad.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика