So’nggi yangiliklar

08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  1 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  8 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3

Stadiondagi atmosfera, 40 kun ichida o'tkazilgan 10 ta o'yin, "Turon" muxlislari, Kozakning holati, OCHL va o'sha paytdagi "Bunyodkor" – Mirjalol Qosimov ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

Stadiondagi atmosfera, 40 kun ichida o'tkazilgan 10 ta o'yin, "Turon" muxlislari, Kozakning holati, OCHL va o'sha paytdagi "Bunyodkor" – Mirjalol Qosimov ishtirokidagi matbuot anjumani

Superliganing 5-turi doirasidagi qoldirilgan "Turon" – AGMK (0:1) o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.

"Avvalambor, jamoamiz, qolaversa, o'zimni nomimdan butun O'zbekistan ahlini Hayit ayyomi bilan tabriklaymiz! Yaypanga birinchi marta keldik va bizni yaxshi kutib olishdi, bu uchun katta rahmat!  

O'yinga keladigan bo'lsak, kurashlarga boy, qiziqarli kechdi. Albatta, "Turon" jamoasiga ham qoyil qolish kerak. Juda ajoyib atmosferada to'p tepdik. Maydon sifati alo darajada. Jamoa rahbarlariga rahmat aytamiz va ishlariga rivoj tilaymiz. 

Meni xavotirga solgan jihat, 40 kun ichida 10 ta o'yin o'tkazganimiz bo'lgandi. CHempionat doirasidagi oxirgi uchrashuvimiz "Navbahor"ga qarshi kechgandi. Bundan tashqari, bosib o'tilgan uzoq yo'llar, xohlaysizmi-xohlamaysizmi inson organizmi toliqadi. Yana 95-97% futbolchilarimiz ro'za tutishmoqda. Bularning bariga qaramasdan, yigitlar juda yaxshi harakat qilishdi va omadimiz kelib, g'alaba qozondik. "Turon" – yaxshi, jangovar jamoa. Keyingi o'yinlarda ham shunday harakat qilishsa, ijobiy natija ko'rsata olishadi", – Mirjalol Qosimov.

- Aksariyat nomdor, tajribali futbolchilar ikkinchi bo'limda maydonga tushirildi. Bu oldindan tayyorlangan rejamidi?

- Hozir aytib o'tganimdek, 40 kun ichida 10 ta o'yin o'tkazishni o'zi bo'lmaydi. SHu bois rotaciyaga qo'l urdik. Jamoadagi 20-23 kishi bir-birini to'ldirib, yordam berishi kerak.

- Bugun AGMK g'alabaga loyiqmidi?

- Ha, loyiq edi. Bugungi o'yin jangovar tarzda kechdi, hech kim yutqazgisi kelmadi.

- Muhokamalarga sabab bo'layotgan holat haqida nima deysiz. Yani fikringizcha, jarimadan tepilgan to'p AGMK darvozasiga kirganmidi? 

- Gol yoki gol emasligini ko'rganim yo'q. Qanot hakami ko'rmagan bo'lsa, men turgan joydan buni ko'rishni iloji yo'q edi. Bunday holatlar har doim muhokama qilinadi.

- "Turon" jamoasi muxlislari haqida fikringiz?

- Muxlislar har doim o'z jamoasi yutishini xohlaydilar. Qolaversa, "Turon" jamoasi muxlislar uchun to'p tepmoqda. O'zi vodiyda har doim muxlislar 12-o'yinchiga aylanishadi. Albatta, qoyil qolish kerak.

- Vladimir Kozak va Valijon Rahimovni U21 jamoasida ko'rdik. Ularning asosiy tarkibga kirmayotganligiga sabab nimada?

- Kozakka keladigan bo'lsak, Vladimir jarohatlangan. U jarohati bois bir oyni o'tkazib yubordi va tiklanish jarayonini o'tkazyapti. Rahimovga kelsak, u ham shunga o'xshash holatda. Bizda 3 ta davrozabon bo'lgani sababli har biriga imkon beramiz.

- Yaqinda AGMK va "Paxtakor" OCHLda guruhdan chiqolmadi. Siz 2008 yilda "Bunyodkor"ni yarim finalga olib chiqqan edingiz. O'shandan beri o'zbek klublari bu bosqichgacha etib kela olishmayapti. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz?

- Juda murakkab savol. Agar javobini bilganimda, hozir bu erda o'tirmagan bo'lardim. Agar jamoamiz "Al Garafa"ga mag'lubiyatga uchrab, guruh bosqichiga chiqa olmaganida, bunday gap-so'zlar bo'lmasdi. Albatta, futbolda omad kerak. Lekin avvalo, bu futbolchilarimizga asqatadi. "Paxtakor" ham yomon harakat qilgani yo'q, lekin omad yuz o'girdi, ketma-ket 4 o'yinda durang ko'rsatdi. 

Masalan, o'sha paytdagi "Bunyodkor" ham guruhdan chiqishiga 99% insonlar ishonishmagandi. Haqiqatan ham oxirgi paytlar mavqemiz tushib ketdi, lekin baribir hayot davom etadi, oldinga intilish kerak.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика