Srna: "CHempionlar ligasining pley-offiga chiqish Donbass uchun juda muhim"
06 noy 2014 15:00
Yangiliklar


Srna: "CHempionlar ligasining pley-offiga chiqish Donbass uchun juda muhim"
"SHaxtyor" yarim himoyachisi Dario Srna BATEga qarshi CHempionlar ligasi 4-tur uchrashuvidan keyin, turnirning pley-off bosqichi Donbass muxlislari uchun qanchalik muhimligi haqida gapirib o'tdi.
"Ikkala o'yindan ham hammasi "SHaxtyor"ga bog'liq edi. BATE Borisovdagi o'yindan ko'ra boshqacharoq harakat qilishga urinib ko'rdi. Ammo "SHaxtyor" bugun juda zo'r o'ynadi! Birinchi golni urish juda muhim edi. Nazariy jihatdan biz ikkinchi aylanaga o'tmadik. Hammasi oldinda! Ammo hozirgi kunda jamoaning keyingi bosqichga yo'l olishi Donbass, muxlislar, "SHaxtyor" va klubimiz uchun juda muhim" - deydi Srna.

Fikrlar