So’nggi yangiliklar

01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  8 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1

Srechko Katanec: "O'zbek matbuotini umuman o'qimayman. Natijaga faqat men javob beraman" Yangiliklar

Srechko Katanec: "O'zbek matbuotini umuman o'qimayman. Natijaga faqat men javob beraman"

Osiyo kubogi 2-tur doirasidagi Hindiston (3:0) terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanec va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Abbosbek Fayzullaevlar matbuot anjumanida ishtirok etishdi

- Abbosbek, sizni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi o'yinda bugungidek g'alaba qozonishimizga nima etmadi?

- Barchaga rahmat. Stadionga kelgan muxlislarga rahmat. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Suriyadan keyin g'alaba qozonishimiz shart edi. Suriyaga qarshi o'yin haqida gapirishni istamayman. Bor etiborni Avstraliyaga qarshi uchrashuvga qaratamiz. Hozir eng muhimi, tiklanib, keyingi o'yinga tayyorlanish.

- Abbosbek, Avstraliyaga qarshi o'yindagi imkoniyatlarimizni qanday baholaysiz? Avstraliya qog'ozda kuchliroq jamoa hisoblanadi. G'alaba qozona olamizmi yoki durang ham qoniqarli natija bo'ladimi?

- Avstraliyaga qarshi o'yin qiziq bo'lishi aniq. Ular qog'ozda kuchli bo'lishi mumkin, ammo maydonga ikkala jamoa ham 11 nafar futbolchi bilan chiqadi. Biz Avstraliyadan kuchsizmiz deya olmayman, chunki jamoadoshlarimga ishonchim yuqori.

- Abbosbek, U-20 Osiyo kubogidagi chempionlikdan so'ng kattalar o'rtasidagi Osiyo kubogida o'ynamoqdasiz. Bu kabi yuqori darajaga moslashish jarayoni qanday kechmoqda?

- Osiyo kubogidagi g'alabadan keyin o'zimga bo'lgan ishonch oshdi. Musobaqadagi g'alaba ajoyib hislarni bergandi. SHundan so'ng, tom manoda, professional futbolga o'ta boshladim. Baribir kattalar o'rtasidagi Osiyo kubogi muhimroq. CHunki bu erda hamma professional. Bu boshqa daraja. Hozirgi holatda Osiyo kubogiga tayyorman deb o'ylayman.

- Janob Katanec, o'yin haqidagi fikringiz qanday?

- Qisqa javob beraman: yigitlarning o'yinidan qoniqdim. Juda yaxshi o'yin ko'rsatdik.

- Jamoa bugun to'rtta himoyachi bilan o'ynadi. Suriyaga qarshi o'yinda beshta himoyachi bilan harakat qilgandik. Bu nimani anglatadi? Raqib o'rtasidagi farq sabab shu qarorga kelindimi?

- Beshta himoyachi deyish biroz noto'g'ri bo'ladi. Uchta markaziy himoyachi desak to'g'riroq bo'ladi. Terma jamoamizning o'tgan yilgi o'yinlariga etibor bersak, uchta markaziy himoyachi bilan o'ynaganimizda, jamoa ishonchliroq ko'ringandi. "Inter" klubi ham uchta markaziy himoyachi bilan o'ynaydi. Ikkita qanot himoyachilari hujumda juda aktiv. Siz beshta himoyachi bilan o'ynasangiz ham, ular hujum qilishni xohlashmasa, hech narsa bo'lmaydi. Men hech qachon o'z himoyachilarimga faqat himoyada turinglar demayman. Avstraliya bugun to'rtta himoyachi bilan o'ynadi. Men birinchi taymni tomosha qildim. Lekin birinchi bo'limda Avstraliya deyarli vaziyat yarata olmadi. Demak, gap nechta himoyachi bilan o'ynashda emas. Suriyaga qarshi o'yinda ham bugungidek harakat qilganimizda, biz boshqacha o'yin ko'rsatgan bo'lardik.

- O'zbekiston termasi futbolchilarining o'yinidan qanchalik qoniqding?

- Ajoyib o'ynadik. Ular zo'r harakat qilishdi, yaxshi zarbalar berishdi, gollar urishdi. Zamonaviy futbolda tezkor gol urib olsangiz, hammasi oson bo'ladi. Hindiston esa gol o'tkazib yuborganidan so'ng bosim ostida qoldi. Hisobda ortda borayotganingizda hammasi qiyinlashib ketaveradi. Bizda esa juda tezkor yosh futbolchilar bor.

- O'zbekiston Hindistondan kuchliroq hisoblanadi, ammo bugun hamma futbol o'ynashni o'rganib olgan. Bugungi o'yinda Hindistondan aynan qaysi jihatlarda ustunroq bo'ldik deya olasiz?

- Ha, siz haqsiz. Biz taktik jihatdan yaxshiroq bo'ldik. Agar sizda yaxshi o'yinchilar bo'lsa, raqibdan ustunroq bo'lasiz. Qisqa qilib aytganda, bizda yaxshi o'yinchilar bor.

- Fayzullaevning terma jamoadagi o'rni haqida nima deya olasiz?

- U har doim tabassum qiladi. Doim yaxshi o'yin ko'rsatadi. Nafaqat bizda, balki CSKA klubida ham. Terma jamoa murabbiyi sifatida Abbosbek kabi o'yinchim borligidan mamnunman. 20 yoshli futbolchi katta o'yinlarda o'ynay olishi kerak. Hozirgi futbolda 23 yoshli futbolchini ham iqtidorli deyishadi. Aslida, haqiqiy iqtidor 20 yoshida ham katta o'yinlarda o'zini ko'rsata oladi.

- Taktika masalasi qarorlaringiz doim ekspert va jurnalistlar bilan har xil bo'ladi. O'tgan o'yindagi taktikani biz beshta himoyachi deb tarifladik, siz esa uchta himoyachi bilan o'ynadik dedingiz. Bugungi taktikamiz 4-5-1 edimi yoki 4-2-3-1?

- Bilmadim (kuladi). Hurmat bilan aytaman, men o'zbek jurnalistlari nima yozayotganini umuman o'qimayman. Tarjimonim Davrondan ham menga o'zbek matbuoti nima deb yozayotganini hech qachon aytmasligini so'raganman. Men bor etiborimni o'z ishimga qaratganman. Jurnalistlarni hurmat qilaman, ammo tabiatim shunday. Bugungi taktikamiz bo'yicha xohlaganingizcha yozishingiz mumkin.

- Suriyaga qarshi o'yindan keyin juda ko'p jurnalist va ekspertlar Katanec Sergeev va boshqa o'yinchilarga imkoniyat berishi kerak deb yozishdi. Bugun Igor Sergeev maydonga tushdi va gol urdi. Bu haqida fikringiz qanday?

- Unda menga xat jo'natinglar. Bu xatda menga Avstraliyaga qarshi kimlar o'ynashi kerakligini yozing. Agar bu reja ish bersa yaxshi, ammo biz mag'lub bo'lsak kim javobgar bo'ladi? Masala shunda. Jurnalistlar natijaga javob berishmaydi. Siz istagan narsangizni yoza olasiz, ammo natijaga men javob beraman. Farqimiz shunda. Jurnalistlar terma jamoamiz ichidagi 10% malumotni bilishi mumkin. Qaysidir o'yinchida jarohat borligi va hokazo. Oldimizda Avstraliyaga qarshi muhim o'yin kutib turibdi. Biz bor etiborimizni shu o'yinga qaratganmiz.

- Stimach eski do'stingiz. Uning ishini qanday baholaysiz?

- Yaxshi baholayman. O'ylaymanki, uning yonida real fikrlaydigan insonlar yig'ilgan. Bu juda muhim. Hindiston terma jamoasiga omad tilayman.

Jalolxon Inog'omxo'jaev yozib oldi

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика