So’nggi yangiliklar

11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  1 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  6 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  3 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  11 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  18 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  15 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  13

Srechko Katanec: "Biz bu yoshlar bilan yangi jamoa qurishimiz kerak" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Biz bu yoshlar bilan yangi jamoa qurishimiz kerak"

SHveciya – O'zbekiston (2:1) xalqaro o'rtoqlik o'yinidan keyin terma jamoamiz ustozi Srechko Katanec o'z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi navbatda, SHveciya terma jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, men 7 kundan beri O'zbekistondaman. Jamoa ushbu o'yinda ko'rsatgan natijadan qoniqdim. Biz juda yaxshi o'ynadik. Albatta, bazi xatolarga ham yo'l qo'ydik, bu esa normal holat. Jamoamizda yosh o'yinchilar juda ko'p. Endi biz bu yoshlar bilan yangi jamoa qurishimiz kerak. Umuman olganda, bizda bor o'yinchilar va ularning o'yinidan qoniqish hosil qildim. Kelajakda ham shu ruhda davom etishimiz kerak. Kuchli jamoalar bilan kuchli o'yinlar ko'rsatishimiz kerak. SHveciya termasiga kelsak, ular bir necha yillardan beri yuqori darajada o'yin ko'rsatib kelishmoqda. Bizga qarshi ikkinchi tarkib o'ynagan bo'lsa ham, ular juda ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Ular bir necha kun oldin Ispaniyani mag'lub qilishdi. Bu biz uchun albatta, ajoyib tajriba bo'ldi", – dedi Katanec.



- Markaziy himoyachilar haqida nimalar deya olasiz? Ular qanday o'yin ko'rsatishdi deb o'ylaysiz? O'yin boshida ko'plab xatolar yuzaga keldi...

- Men bunga normal qarayman, hamma ham xato qiladi. Ulardan biroz agressivroq bo'lishlarini xohlagan bo'lardim. Nafaqat himoya, balki butun jamoa agressivroq o'ynashi lozim. Men ko'rgan kamchilik aynan shundan iborat, yani agressiv o'yinning yo'qligi. Jamoamiz bir oz sekin harakat qildi, qanot futbolchilarida ham aynan shu kamchilik sezildi. Ammo qaytaraman, men jamoani o'yinidan to'liq qoniqdim. Jismoniy tarafdan juda kuchli bo'lgan SHveciya terma jamoasiga qarshilik ko'rsatish himoyachilarimizga oson bo'lgani yo'q. Men ularni tabriklayman. O'yinimizdan xotirjamman. Hech qanday xavotirlanadigan narsa yo'q. Osiyo va Evropada o'yin uslublari har xil, bizda bir oz sekin futbol o'ynaladi. Yosh o'yinchilarimizga kelsak, biz ularga ko'proq imkoniyat berishimiz kerak, ularga o'sishlari uchun aynan o'yin amaliyoti zarur.



- Eldor Suyunov haqida gapirsangiz. U bugun eng yaxshi futbolchi bo'ldimi? 

- To'g'risi, bilmayman. Balki shundaydir. Ha, u bugun bir nechta ajoyib seyvlar ko'rsatdi. Lekin men jamoani to'liq o'rganishga ulgurmadim. Milliy jamoa bilan bir nechta mashg'ulotlar o'tkazdim, xolos. Murabbiy biror qarorga kelishi uchun ozroq vaqt kerak bo'ladi. Darvozabon yoki boshqa masalalarda biror aniq fikr aytish uchun etti kun juda kamlik qiladi.



- Bir oz hazilomuz savol. Ispaniya bilan bir xil hisobda mag'lub bo'ldik. SHu haqda gapirsangiz...

- Ha, albatta, biz Ispaniya bilan bir xil natija qayd etdik (kulib qo'yadi). Hazil, albatta. SHveciya terma jamoasiga kelajakdagi o'yinlarda omad tilayman. Ular bugun jiddiy o'yin ko'rsatishdi. Omad. Hammaga rahmat!




MATBUOT ANJUMANI INGLIZ TILIDA


Reyting: +109   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика