Sportmediaset: “Inter” Ranokkiani Vuchinichga almashishi mumkin
21 noy 2013 12:00
Yangiliklar


Sportmediaset: “Inter” Ranokkiani Vuchinichga almashishi mumkin
“Yuventus” klubi hujumchisi Mirko Vuchinich, “Inter” klubi qiziqish doirasiga kirib qoldi.
“Inter” klubi 30 yoshli CHernogoriya terma jamoasi o'yinchisi uchun o'zining markaziy himoyachisi Andrea Ranokkiani taklif etayapti, deb xabar beradi Sportmediaset.
Kelishuvning qishki transferlar oynasi mobaynida bo'lib o'tishi ehtimoli katta.
Mavsum oralig'ida “Yuventus” Ranokkia uchun yarim himoyachi Maurisio Islani tarklif etgandi, biroq, “Inter” bunga rad javobini bergan.

Fikrlar