Sporting futbolchisi uchun MYUdan 83 million evro so'radi
28 mar 09:41
Yangiliklar


Sporting futbolchisi uchun MYUdan 83 million evro so'radi
Manchester Yunayted Sporting futbolchisi Fransishku Trinkanga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
O'z o'rnida portugaliyaliklar ham vingerni sotishga qarshi emas. Buning uchun «qizil iblislar» «Sporting» hisob raqamiga 83 million evro o'tkazib berishlari lozim. Ushbu summaning yarmi «Barselona»ga o'tkazib beriladi.
Eslatib o'tamiz, Fransishku Trinkan 2022 yilda «Barselona»dan «Sporting»ga ko'chib o'tgandi. Futbolchi joriy mavsum 43 ta uchrashuvda 10 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar