"Sport" telekanali "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvini jonli efirda ko'rsatadimi?
12 may 2016 11:52
Yangiliklar
"Sport" telekanali "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvini jonli efirda ko'rsatadimi?
Bugun "Lokomotiv" O'zbekiston chempionatining 9-turi doirasida "Paxtakor"ni qabul qiladi.
Ko'pchilikda "ushbu o'yin "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladimi?" degan savol bor.
MTRK rasmiy saytiga tashrif buyurdik va u erda "Lokomotiv" - "Paxtakor" bahsi 13 may kuni 18:15 dan boshlab to'g'ridan-to'g'ri efirda ko'rsatilishi yozilgan.
Ammo, PFL bu uchrashuvni 12 mayga ko'chirdi va bugungi ko'rsatuvlar dasturida ushbu o'yin yo'q.
"Daryo" nashrining xabar berishicha, "Lokomotiv" - "Paxtakor" bahsi bugun yarim tunda, 12 maydan 13 mayga o'tar kechasi soat 00:05 da namoyish etiladi.
Fikrlar