"Sport-Ekspress": Rossiya premer-ligasining eng yaxshi 5ta himoyachisi
12 dek 2013 21:30
Yangiliklar


"Sport-Ekspress": Rossiya premer-ligasining eng yaxshi 5ta himoyachisi
Rossiya premer ligasi 19ta turdan so'ng qishki tanaffusga chiqdi.
"Sport-Ekspress" sayti xodimlari har bir o'yindan so'ng qo'yilgan ballarga ko'ra eng yaxshi himoyachilar beshligini aniqlashdi. Quvonarlisi himoyachilar orasida hamyurtimiz Vitaliy Denisov eng yuqori ballga ega bo'ldi.
Vitaliy DENISOV (Lokomotiv) – 5,96
"Lokomotiv" xuddi musobaqa jadvalida bo'lgani kabi o'tkazib yuborilgan gollar (16ta) borasida ham ikkinchi o'rinda. Eng kam golni "Rubin" o'tkazib yubordi (14ta), ammo qozonliklar "temiryo'lchilar"dan 16ta kam gol urishdi va kuchli o'nlikka kira olishmagan. SHu boisa himoya va hujum borasida Leonid Kuchuk jamoasiga teng keladigan jamoa bo'lani yo'q.Denisov – "Lokomotiv"ning himoya to'rtligining eng muhim azolaridan biri. O'zbekistonlik legioner – juda mehnatkash, o'zining chap qanoti bo'ylab tinmay yuguradi. O'zining asosiy ishini juda qoyillatib bajaradi, agar Vitaliy oldinga o'tsa – raqiblar extiyot bo'lishlari kerak. "Rostov"ga qarshi o'yindagi (5:0, 6-tur) to'rtta golli pasni unutmagan bo'lsangiz kerak. Bunday himoyachilari bor bo'lgan chempionatni baxtli deb atasak bo'ladi!
Roman SHISHKIN (Lokomotiv) – 5,93
Igor SMOLNIKOV (Zenit/Krasnodar) – 5,85
Vedran CHORLUKA (Lokomotiv) – 5,83
Sergey IGNASHEVICH (CSKA) – 5,82

Fikrlar