"Spartak" yarim himoyachisi Angliyaga ko'chib o'tadi
18 noy 2020 22:08
Yangiliklar
"Spartak" yarim himoyachisi Angliyaga ko'chib o'tadi
Moskvaning "Spartak" klubi yarim himoyachisi Aleks Kral Angliya Premer-ligasi jamoalarining qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.
"Mirror" nashri xabariga ko'ra, chexiyalik futbolchining transferi 30 mln funt (33,5 mln evro)ga baholanmoqda. Kral qishki transfer oynasidayoq "Tumanli Albion"ga yo'l olishi rejalashtirilgan. CHunki davogar klublar kelasi yozda o'tkaziladigan Evropa chempionatidan keyin CHexiya terma jamoasi vakilining narxi ko'tarilib ketishidan qo'rqadi.
Kral "Spartak" tarkibiga 2019 yilda "Slaviya"dan 12 mln evro evaziga kelib kelib qo'shilgan edi. Rossiya chempionatining joriy mavsumida 14 o'yin o'tkazgan 22 yoshli xavbek 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar