"Spartak" braziliyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi
10 avg 2020 21:12
Yangiliklar
"Spartak" braziliyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi
"Olimpiakos" futbolchisi Gilerme dos Santos foliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin.
Moskvaning "Spartak" klubi rahbariyati 29 yoshli xavbekning transferi bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.
Braziliyalik futbolchining agenti Junior Pedrosa ham mijoziga ruslar tomonidan qiziqish bildirilayotganini tasdiqladi.
Malumot uchun, Gilerme "Olimpiakos"ga 2018 yilda "Deportivo" klubi tarkibidan 2,5 million evro evaziga kelib qo'shilgan edi. Futbolchining yunonlar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilda yakunlanadi. Greciya chempionatining so'nggi mavsumida 27 uchrashuvda maydonga tushgan Gilerme dos Santos o'z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo'ygan.
Fikrlar