Spaletti murabbiy sifatida A Seriyada yubiley uchrashuvini o'tkazdi
13 dek 2021 09:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/673099_original.jpg)
![](/upload/storage/673099_220.jpg)
Spaletti murabbiy sifatida A Seriyada yubiley uchrashuvini o'tkazdi
Italiya chempionati 17-turida “Napoli” o'z maydonida “Empoli”ga kichik hisobda (0:1) yutqazib qo'ydi.
Bu neapolliklar ustozi Luchano Spaletti uchun murabbiy sifatida A Seriyada o'tkazgan yubiley 500-o'yini bo'ldi. 62 yoshli mutaxassis “Napoli”dan tashqari, yuqori divizionda “Empoli”, “Sampdoriya”, “Veneciya”, “Udineze”, “Roma” va “Inter” kabi jamoalarda ishlagan.
Qo'shimcha qilish kerakki, Spaletti o'tgan uchrashuvni tribunadan kuzatdi. U 15-tur doirasida “Sassuolo”ga (2:2) qarshi bahsda bosh hakam bilan bahslashgani tufayli 2 o'yinga diskvalifikaciya qilingandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar