So’nggi yangiliklar

22:08Гвардиола де Брюйнени "Сити"даги келажаги ҳақида гапирди  0 21:46Амирбек Бакаев Беларуснинг бошқа бир клубига ўтди  1 21:15"Машъал" ганалик ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  2 20:48"Навбаҳор" беш нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:27Доменико кетди, Тибо қайтмоқда  0 20:02Элдор Шомуродов – А Серия 26-тур рамзий терма жамоасига киритилди  8 19:42Федерико Вальверде жароҳат туфайли кубок ярим финалида майдонга туша олмайди  2 19:10"Аҳмоқона тақвимни инобатга олсак, ишларимиз жуда яхши кетмоқда"  8 18:45"Манчестер Сити" ёзда МЮ қизиққан дарвозабонни сотиб олмоқчи  2 18:17Гвардиола Абдуқодир Ҳусановни мақтади  25 17:48"Милан" ЕЧЛга чиқа олмаса, етакчилар клубни тарк этади   3 16:58Расман: Френсис Нарх ва Достонбек Турсунов "Хоразм" сафига қўшилди!  9 16:33"ЦСКАнинг янги базаси — Европа стандартлари аналоги"  1 16:07ЎФА "Навбаҳор"дан трансфер тақиқини олиб ташлади. Клуб қарзларини 29 мартгача ёпмаса ОФК лицензиясини ололмайди  8 15:49"Қизилқум" Грузия клубини йирик ҳисобда таслим қилди  0

Sovuq qishning iliqliklari Yangiliklar

Sovuq qishning iliqliklari

O'zbekiston Superkubogi uchrashuvidan so'ng yurtimizda 2016 yilgi futbol mavsumiga start berildi.

Buyog'iga muxlislar deyarli kuzning oxiriga qadar o'zbek futbolidan bahramand bo'lishda davom etadi. Avvaliga klublarimiz Osiyo chempionlar Ligasida o'z yurishlarini boshlasa, keyin oliy liga start oladi. Bu orada O'zbekiston Kubogi uchun ham kurash boshlanadi. Birinchi liga vakillari odatdagidek aprelning ilk kunlaridan oliy liga yo'llanmasi uchun kurashga kirishishadi. Xullas, endi buyog'iga faqat futbol, shunchaki, futbolchilarimiz bizni zeriktirishmasa kifoya. 

Qishning so'nggi oyidagi iliqliklar 

Yurtimizda qish fasli odatdagidan farqli ravishda nisbatan ancha issiq keldi. Ayniqsa, dekabr va yanvar oylari xuddi bahordek o'tgani barchaning etiborini tortdi. Ammo aynan shu issiq kunlarda olimpiya terma jamoamiz bizga “sovuq” natijalarni taqdim qilib, yilni dilxiralik bilan boshlashimizga sabab bo'ldi. Aksincha, sovuq kunlari cho'zilayotgan fevralda “issiq” g'alabalar ko'p bo'lmoqda. Bugun biz yanvar oyidagi dilxiraliklarni eslamaslikni lozim, deb topdik. Bunga ikkita sababimiz bor. Birinchidan, yanvar oyi futbolimiz uchun ko'ngildagidek kelmagan bo'lsa-da, fevralda hammasi yaxshi kechmoqda. Ikkinchidan, biz o'sha dilxiraliklarni tahlil qilishni gazetamizning kelasi sonlariga olib qo'yganmiz. Bugun optimistik ruhdagi maqolani yozishni niyat qilganmiz. 

Fevral oyidagi iliqlikni dastlab “Bunyodkor” taqdim qildi. “Qaldirg'ochlar”ning chempionlar Ligasining pley-off o'yinidagi g'alabasi jamoaga bo'lgan ishonchni yanada oshirdi. To'g'ri, Sergey Lushan shogirdlari o'tgan yili ham saralash o'yinidan muvaffaqiyatli o'tgandi. Ammo bu safargi g'alabaning mazasi boshqacha bo'ldi. Sababi, o'tgan yilgi raqib “Al Jazira”dan farqli ravishda “Al SHabab” nisbatan katta kuch bilan harakat qildi. Mehmonlar ustozi Toshkentga g'alaba uchun kelganini o'yin uchun tanlangan tarkibdan ham sezdirdi. Jamoa etakchilari maydonga tushdi. Yodingizda bo'lsa, “Al Jazira” ustozi aksar asosiy futbolchilariga dam bergan edi. Asosiysi, o'tgan yilgi “Bunyodkor” bilan bu yilgisini orasida sezilarli darajada farq bor. Tarkib anchagina yoshargani, o'sha yosh o'yinchilar tajribali raqibidan ustun bo'lgani g'alabani yanada mazali bo'lishiga zamin yaratdi. 

Bilasizmi, “Bunyodkor” – “Al SHabab” uchrashuvida menga nima yoqdi? Yosh “qaldirg'ochlar”ning o'ziga bo'lgan ishonchi, tajribali raqibdan hayiqmay to'p surgani, yakka kurashlarda ulardan ustunlik qilgani. Bir oy avval shu yoshdagi yoshlarimiz tengdoshlari orasida hech narsa qila olmagandi. Oradan bir oy o'tib o'z klublarida nimalarga qodirliklarini amalda isbotlashdi. Demak, futbolchini qanday o'ynatishni ham bilish kerak ekan?! Balki bu bitta o'yin bo'lgani uchun o'yinchilar boshqacha kayfiyatda maydonga tushgan bo'lishi mumkin, biroq Qatar maydonlaridagi musobaqada ham biz har bir bellashuvga so'nggi bahsdek tushganimiz ayni haqiqat. Hozir olimpiyachilarimiz tomon tosh otish niyatimiz yo'q, shunchaki, kelajakda terma jamoani boshqaradigan murabbiylar uchun bu dars bo'lishini xohlardik. To'g'ri, “Bunyodkor” endi pley-offdan o'tdi va guruh bosqichida nima bo'lishi dargumon. Qolaversa, o'tgan yilgi natijalarni hali unutganimiz yo'q. Biroq shaxsan menda “qaldirg'ochlar” o'tgan yilgiga nisbatan anchagina shakllangandek taassurot qoldirmoqda. Fikrimcha, jamoa bu yil chempionlar Ligasida o'tgan mavsumdagidek omadsiz ishtirok etmaydi. 

“Bunyodkor”ning omadli “yurishini” futzal bo'yicha terma jamoamiz davom ettirib, fevralning sovuq kunlarida “iliq” g'alabalarni taqdim qildi. Osiyo chempionatining guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarni g'alaba bilan yakunlagan terma jamoamiz muxlislarning “chanqog'ini bosdi”, desa bo'ladi. To'g'ri, guruhdagi g'alabalarni birgina jahon chempionati yo'llanmasi uchun almashtirib yuborish mumkin, biroq sog'ingan paytda o'sha uch g'alabaning mazasi ham boshqacha bo'ladi. 

Terma jamoamiz guruhdagi uchchala o'yinda ham kichik hisoblarda g'alaba qozongani ayrimlarni ranjitgan bo'lishi mumkin. Ammo bir narsani tan olish kerak. Futzalchilarimiz yomon o'yin ko'rsatayotgani yo'q. SHunchaki, zalni to'ldirib o'tirgan muxlislar qarshisida xato qilib qo'yishgan hayiqishgani uchun biroz ehtiyotkorlik bilan to'p surishmoqda va buning natijasi o'laroq ko'proq gol urishdan ko'ra, o'tkazib yubormaslik payida bo'lishyapti. Boshqacha aytganda, natija uchun o'ynashmoqda. Balki terma jamoamiz asl kuchini keyingi o'yinlarga olib qo'ygandir? Yana kim biladi, deysiz? Bosh murabbiy Xose Mariya Mendez kaminada iliq taassurot qoldirdi. Nega bilasizmi? Musobaqa boshlanishidan avval o'tkazilgan matbuot anjumanida ispaniyalik mutaxassis OAV xodimlarining savollariga javob qaytarar ekan, agar vazifa bajarilmasa aybdor o'zlari bo'lishini takidladi. Buni rahbariyat ularga musobaqaga tayyorgarlik ko'rish uchun barcha sharoitlarni yaratib bergani bilan izohladi. Mard murabbiy shunday bo'ladi. Ayrim mutaxassislarimizga o'xshab, aybni shogirdlariga, hakamlarga yuklab, o'zini oppoq qilib ko'rsatmaydi. Natija uchun javob beradi. Yana bir gap: Mendez haqida unga yaqin bo'lmagan insonlardan ham faqat iliq fikrlar eshitdik. Uni bilganlarning tariflashicha, yosh murabbiy o'z ustida tinmay ishlaydigan mutaxassislar qatoriga kirar ekan. 

Xullas, fevral oyining sovuq kunlaridagi “iliq” g'alabalar bahorda ham davom etishi umidvormiz! 

Furqatbek Nishonov


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика