So’nggi yangiliklar

00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  1 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  0 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  2 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  1 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  2 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  29 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  3 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  5 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9

Son Xyon Min oltin medal olmasa nima bo'ladi? Armiyaga ketadimi? Yangiliklar

Son Xyon Min oltin medal olmasa nima bo'ladi? Armiyaga ketadimi?

Teglar :  Son Xyon Min
"Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Minning kelajagi Indoneziyadagi Osiyo o'yinlarida ishtirok etayotgan Janubiy Koreya terma jamoasi natijasiga bog'liq.

Gap shundaki, futbolchi hozirgacha harbiy xizmatni o'tamagan. Osiyo o'yinlaridagi oltin medal esa uni armiyadan saqlab qolishi mumkin. SHunday ekan hujumchi ushbu musobaqada g'olib chiqish uchun bor kuchini ishga solmoqda. Janubiy Koreya terma jamoasi 1 sentyabr kuni final o'yinini o'tkazadi. Agar jamoa muvaffaqiyatsizlikka uchrasa Son butsalarini harbiy etikka, millionlik maoshini esa 150 dollarlik oylikka almashtirishiga to'g'ri keladi.


Nega?

Janubiy Koreya qonunlariga ko'ra, 18dan 35 yoshgacha bo'lgan har bir erkak 21 yoki 24 oylik harbiy xizmatni o'tashi kerak. Futbolchilar uchun bazi imkoniyatlar joriy qilingan. Birinchidan, ular 28 yoshgacha armiyaga borishlari kerak. Ikkinchidan, harbiy xizmatdan qutulib qolish uchun Olimpiada yoki Osiyo o'yinlari oltin medalini qo'lga kiritish lozim. Futbolchi shundagina 4 haftalik harbiy yig'inlarda ishtirok etadi va harbiy xizmatni o'tamaydi.

Son hozir Osiyo o'yinlarida g'alabaga erishmoqchi. Bu armiyadan qutulib qolish uchun so'nggi imkoniyat, aks xolda u Angliya bilan xayrlashishiga to'g'ri keladi.


Pak Ji Sun harbiy xizmatni o'tamagan-ku? Nega?

U 2002 yilda Janubiy Koreya terma jamoasi bilan mundialda muvaffaqiyatli ishtirok etgan. O'shanda Gus Xiddink qo'l ostidagi jamoa JCHda to'rtinchi o'rinni egallab, sensaciya qayd etgan edi.


Nega Son Xyon Minni avvalroq armiyaga olib ketishmagan?

Janubiy Koreya qonunlariga ko'ra, mamlakat erkaklari 35 yoshgacha harbiy xizmat uchun ariza topshirishlari mumkin (sportchilar 28 yoshgacha). Son 2014 yilda armiya masalasini hal qilishi mumkin edi. O'sha yili Janubiy Koreya terma jamoasi Osiyo o'yinlari g'olibiga aylangan, biroq uning klubi ("Bayer") futbolchini ushbu musobaqaga qo'yib yubormagan. Bu safar "Tottenxem" uning iltimosini qabul qildi.


Harbiy xizmatga olib ketishsachi?

Hammasi juda yomon emas. Son harbiy xizmat o'rniga futbol klubida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Koreya chempionatidagi ikki jamoada harbiylar to'p tepadi: Biri armiyaniki ("Sanju Sanmu"), ikkinchisi - policiyaniki ("Asan Mugunxva").

Bu klublarda faqat eng kuchli futbolchilar o'ynashi mumkin. Harbiy xizmatga borayotgan eng yaxshi futbolchilarni tanlab olishadi, biroq ular harbiy tayyorgarlikni ham bajarishadi. Bu majburiy.

Ushbu klublarda o'ynayotgan harbiylar yirik turnirlarga borishi mumkin. Masalan, "Sanju Sanmu"ning ikki futbolchisi - Xon CHol va Kim Min U Rossiyadagi mundialda ishtirok etishdi.

Yana bir narsa: Harbiy yoki policiya jamoasiga o'tish uchun kamida yarim yil Koreya chempionatida o'ynash kerak. Janubiy Koreyada armiyadan qochib qolish katta sharmandalik hisoblanadi. Bunday ishga qo'l urganlar jiddiy jazolanishadi (qamoq jazosi). Harbiy xizmatga bormaganlar ish topishi, uylanishi juda qiyin bo'ladi.


Harbiy xizmatdan qutulishning boshqa yo'llari yo'qmi?

Bor, albatta, fuqarolikni almashtirish mumkin, ammo hozirgacha bunday ishga qo'l urganlar "ko'karmadi". 2002 yilda model YU Son CHun armiyaga bormaslik uchun AQSH pasportini oladi. Biroq kutilmaganda uning ishlari yomonlashadi va Janubiy Koreya hukumati unga mamlakatda ishlashga ruxsat bermaydi.


SHunday ekan, Son Xyon Minda faqat ikkita yo'l bor: Final g'olib chiqib, oltin medalni qo'lga kiritish yoki ikki yillik harbiy xizmatni o'tash.

Reyting: -47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика