Solari: “Zidan bilan hech kim tenglasha olmaydi”
31 okt 2018 00:41
Yangiliklar
Solari: “Zidan bilan hech kim tenglasha olmaydi”
“Real” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Santyago Solari jamoaning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidanni klubning asosiy ramzlaridan biri deya atadi.
“Zidanni o'z holiga qo'ying. U “Real”ning yorqin timsollaridan biri. Keling uning buyukligiga shubha qilmaylik, chunki u bilan hech kim tenglasha olmaydi”, deya Solarining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.
Eslatib o'tamiz, 29 oktyabr kuni “Real” rahbariyati jamoa murabbiyi Xulen Lopetegi bilan amaldagi shartnomani bekor qildi. Solari esa vaqtincha jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Madridliklar La liga turnir jadvalida 14 ochko to'plab, 9-o'rinda borishmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar