Solari: “Modrich haqiqiy jangchi”
20 jan 2019 09:20
Yangiliklar
Solari: “Modrich haqiqiy jangchi”
“Real” bosh murabbiyi Santyago Solari La Liga 20-turida “Sevilya”ga (2:0) qarshi bellashuvdan keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Modrich alo darajada o'yin o'tkazdi. Tanaffusda shifokorlar uning qoshidagi jarohatni tikib, uni maydonga qaytarishdi. U haqiqiy jangchi. Luka o'yin oxirigacha bor kuchi bilan harakat qildi va gol urdi. Bu ko'p narsadan darak beradi.
Men Isko va boshqa futbolchilar uchun ham xursandman. Biz g'alabaga loyiq o'yin ko'rsatdik”, deya Solarining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.
“Sevilya” ustidan g'alabaga erishgan “Real” 36 ochko to'plagan holda La Liga turnir jadvalining uchinchi pog'onasiga ko'tarildi. Qirollik klubi keyingi turni safarda 27 yanvar kuni “Espanol”ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar