So’nggi yangiliklar

08:47Sofascore. 10 дақиқа ҳаракат қилган Шомуродов, 82 дақиқа ҳаракат қилган Довбик билан деярли бир хил баҳога лойиқ кўрилди  0 08:35Туркия чемпионати. "Башакшехир"да йирик ғалаба, Пёнтекдан хет-трик! (+мусобақа жадвали)  3 08:17"Кайсериспор" Отабек Шукуровни трансфер қилишга яқин  1 08:10А Серия. 3-турнинг марказий учрашувида ҳисоб очилмади, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  6 07:51Мбаппе ўзини "Реал"да Роналдунинг вориси деб ҳисоблайдими? деган саволга жавоб берди  0 07:24Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 06:45ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Бетис", Мбаппе ЛаЛигадаги биринчи голини урди  0 02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  45 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  1 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  4 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  25 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  1 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  9 23:19Бир-икки, бир-икки...  11 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  14

Sog'lom raqobat kerakmi yoki suniy? (tahlil) Yangiliklar

Sog'lom raqobat kerakmi yoki suniy? (tahlil)

PFLning yangi mavsum uchun chiqargan reglamentidagi bazi bandlar ko'pchilikda savollar tug'dirayotgani haqida alohida to'xtalgandim.

O'sha maqolani quyidagi manzilga o'tib mutolaa qilib chiqishingiz mumkin.

O'FA & PFL yoxud ko'pchilikda savol uyg'otayotgan reglamentdagi band haqida         

PFLning yangi mavsum uchun chiqargan reglamentidagi mazkur band bilan tanishing:

• Superliga klublari o'yin qaydnomasiga 1997 yil va undan keyin tug'ilgan kamida ikki nafar o'yinchini kiritishi va ulardan birini minimum 45 daqiqa o'ynatishi shart. Mazkur futbolchi jarohat olgan holatda hali 45 daqiqa o'ynab ulgurmagan bo'lsa, uning o'rniga ikkinchi yosh futbolchi chiqarilishi lozim. Barcha yosh futbolchilar almashtirilgan bo'lsa, yosh futbolchini yoshi katta futbolchi bilan almashtirishga ruxsat beriladi;


Superliganing birinchi turida jamoalar mazkur bandga rioya etgan holda tarkibda 1997 yil yoki undan keyin tug'ilgan futbolchini asosiy tarkibga kiritishdi va kamida belgilangan muddat, yani 45 daqiqa o'ynatishdi. Keling, mazkur vaziyatni birinchi tur misolida tahlil qilib chiqamiz.

Masalan Hamid Aktamov "Qizilqum" asosiy tarkibida Behzod G'anijonovni (45 daqiqa o'ynadi) o'ynatdi va reglament majburiyati tugashi bilanoq, yani birinchi taymdan so'ng aynan mazkur futbolchini zaxiraga oldi. O'rniga tushgan SHerali Jo'raev yakunda jamoasi uchun muhim golni urdi va "Qizilqum"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Birinchi bo'limda "Qizilqum"ning o'ng qanoti deyarli ishlamadi. Aynan SHerali Jo'raevning tushishi bilan chap qanotdagi yukning yarmi o'ng tarafga o'tdi va mezbonlar o'yinida jonlanish kuzatildi.

"Andijon" tarkibida reglament majburiyatini bajarish uchun SHahzod Ubaydullaev (57 daqiqa o'ynadi) harakat qildi. Qizig'i, murabbiylar mazkur futbolchini ham ikkinchi bo'limda almashtirishdi. "Dinamo" safida maydonga tushgan Damir Temirov (67 daqiqa o'ynadi) ham Fayziev tomonidan ikkinchi taymda zaxiraga olindi. AGMK safida reglamentdagi band tufayli asosiy tarkibda o'yinni boshlagan SHahboz Umarovni (45 daqiqa o'ynadi) ham murabbiy tanaffusdan so'ng zaxiraga olishdi. "Metallurg" esa reglamentdagi majburiyatini Ibrohim Yo'ldoshev (54 daqiqa o'ynadi) orqali bajardi. SHipilov ham ko'pchilik qatori o'zgarishlarni amalga oshirishni aynan Ibrohim Yo'ldoshevni zaxiraga olish bilan boshladi.

Turning oxirgi o'yinida esa "Lokomotiv" reglamentdagi bandni bajarish uchun zaxira futbolchisi hisoblangan Aziz Amonovni (45 daqiqa o'ynadi) boshlang'ich tarkibda qo'ydi va tanaffusdan keyin birinchi o'zgarishdayoq Amonov o'rniga Husniddin G'ofurov chiqarildi.

Ko'rib turganigizdek, Superligadagi 6 jamoa ("Andijon", "Qizilqum", "Dinamo", AGMK, "Metallurg", "Loko") reglamentdagi mazkur bandni bajarish uchun nomiga 1997 yilda yoki undan keyin tug'ilgan futbolchilarni tushirdi. Ruscha aytganda, "dlya galochki" ishlagan reglament. Buning natijasida sog'lom raqobatga putur etmoqda va jamoalarning natijalariga bu ham o'z tasirini ko'rsatmoqda. Murabbiylar rejasi va asosiy tarkib muvozanatini buzmoqda. OTJ manfaatini o'ylab qilingan mazkur ish, kalta o'ylangan masala natijasida MTJning ehtimoliy pontencial nomzodi o'z jamoasi safidagi o'yinlarni zaxira o'rindig'ida boshlashga majbur bo'lmoqda. Uning futbol o'ynashga bo'lgan istagi, xohishi va motivaciyasini o'ylaydigan, futbolga tushunadigan mutaxassislar nahotki qolmadi, degan savollar tug'ilmoqda.

Quyida reglament majburiyatlarini bajarish uchun nomiga 1997 yoki undan keyin tug'ilgan futbolchilarni o'ynatgan va keyin zaxiraga olgan jamoalar haqida to'xtalib o'tdim. Endi tanganing ikkinchi tarafi, sog'lom raqobat mevasini yaqqol ko'rsatib turgan jihatga etibor beramiz.

Masalan "Nasaf" uchun mazkur reglamentning issiq yoki sovug'i yo'q. CHunki jamoa azaldan yoshlarga etibor berib keladi va jamoaning hozirgi o'zagi butkul tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan. "Nasaf"da nafaqat jamoa o'zagi yoshlardan tashkil topgan, balki hozigi OTJ ham aslida "Nasaf" o'zagi tufayli kuchliroq ko'rinmoqda. Drulovich boshqarayotgan OTJ tarkibi bilan qarshiliklar jamoasi tarkibini deyarli farqi yo'q. PFL joriy qilgan reglamentga tushadigan futbolchilar, masalan Bobir Abdixoliqov yoki Rashidxonov singari ko'plab yoshlar avvaldan jamoaning asosiy tarkib futbolchisi sanalgan.

Yoki "Bunyodkor"ni  misol qilamiz. Mazkur jamoa tarkibi ham yoshlardan iborat va bunda murabbiylar reglamentdagi majburiyatni bajarishni o'ylashlariga hojat yo'q. CHunki PFL joriy qilgan mazkur bandga tushadigan futbolchilar azaldan bu jamoada bo'lgan. Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi haqida shu fikrni ilgari surish mumkin. Yani, jamoa ustozi Sergey Lushan yoshlarga ishonadigan mutaxassis va jizzaxliklar safida o'tgan yildan buyon 1997 yoki undan keyingi yillarda tug'ilgan futbolchilar o'ynab kelishmoqda.

"Paxtakor"ga to'xtaladigan bo'lsak, Xojiakbar Alijonov o'tgan yildan buyon jamoaning asosiy tarkib futbolchisi rolida paydo bo'lgan. Arveladze bu yosh futbolchiga anchadan buyon ishonib keladi va OCHL bahslarida ham Alijonov o'zining mehnati va sog'lom raqobatda yutib chiqqani tufayli boshlang'ich tarkibga munosib ekanligini isbotlagan. "Buxoro"da ham o'tgan mavsumdan boshlab asosiy tarkib futbolchisiga aylangan Behruz SHodmonov va Asadbek Sobirjonov (87 daqiqa o'ynadi) o'yin yakuniga yaqin almashtirildi. Yani, mazkur futbolchilar tabiiy ravishda raqobatda yutib chiqqani uchun ham murabbiy o'zgarishsiz o'ynatdi. Sobirjonov esa jarohati tufayli bahs yakunida o'z o'rnini bo'shatdi.

"Navbahor" tarkibida Oston O'runov haqida ham shu fikrni ilgari surish mumkin. O'runov 2 yil ilgari jamoaning asosiy tarkib futbolchisi ekanligini isbotlagan va mazkur band chiqishidan ancha avval mavsum kashfiyotiga aylangandi. Yoki "Surxon"da birinchi turda reglament majburiyatini bajarish uchun tushirilgan Husniddin G'ofurov "Neftchi"dagi o'yinlari orqali asosiy tarkib futbolchisi bo'lib etishganini o'tgan mavsumda ko'rganmiz. Bu futbolchi ham aynan raqobatga yutib chiqqani uchun asosiy tarkibda muntazam o'ynab keladi. Yana misol tariqasida "Qo'qon-1912" safida o'ynagan Oybek Rustamovni aytish mumkin. Oybek Rustamovni muxlislar ancha yaxshi bilishadi va bu futbolchi o'tgan yildan buyon asosiy tarkibning muhim azolaridan biriga aylangani hech kimga sir emas.


Faktlar bilan keltirib o'tilgan mazkur jihat reglamentdagi ushbu mantiqsiz band aslida hech qanday naf keltirmasligini oydinlashtirmoqda. Yani, chempionatdagi teng yarim jamoada azaldan katta futbolga kirib kelgan va o'z mehnati bilan hech qanday band yo'q paytda sog'lom raqobat orqali o'z o'rnini asosiy tarkibdan topgan futbolchilar hamda nomiga o'ynatilgan va yakunda birinchilardan bo'lib zaxiraga olingan futbolchilarni misol qilib ko'rsatdim.

Reglamentdagi mazkur band murabbiylarga ortiqcha muammo va tarkibni aniqlashda suniy raqobat yuzaga keltirmoqda. Masalan "Qizilqum"da muntazam barqaror o'ynab kelayotgan va asosiy tarkib futbolchisi sanalgan SHerali Jo'raev endi chempionat o'yinlarida o'z paytini zaxirada kutishga majbur bo'lmoqda. Yoki AGMK safida OCHLda ham asosiy tarkibda tushgan va Superligada avtomatik ravishda o'z o'rnini SHahboz Umarovga bo'shatayotgan Pirimovga murabbiy qanday motivaciya beradi? Uning futbolga bo'lgan chanqog'i so'nmasligiga kim kafolat beradi? Yoki "Metallurg" jamoani kuchaytirish uchun olib kelgan Bahrom Abduraximov xizmatlaridan doim ikkinchi bo'limda foydalanishga majbur bo'lib qoladimi? Achinarli tarafi shuki, mazkur futbolchilar raqobatda yutqazayotgani uchun zaxirada o'z o'rnini kutib o'tirishgani yo'q. Balki reglamentdagi mantiqsiz band qurboniga aylanishmoqda.

Yana bir yomon tarafi shundaki, hech bir jamoaning barcha chiziqlarida 1997 yoki undan keyingi yilda tug'ilgan futbolchilar yo'q. Yani, "Lokomotiv"da Avaz O'lmasaliev yoki Azizbek Amonovdan boshqa asosiy tarkibda o'ynashi mumkin bo'lgan futbolchi yo'q. Natijada OCHLda ham jamoaning boshlang'ich tarkib futbolchisi bo'lgan Husniddin G'ofurov Superliga o'yinlarida zaxiraga mixlanmoqda. Yoki ikkinchi variant O'lmasaliev. Bunda "Loko"dagi tayanch nuqtasi vakili Jokich yoki Avazning himoyada o'ynashi mumkinligi etibori bilan To'xtaxo'jaev yoki Ismoilov reglament qurboniga aylanib qolishi mumkin. SHu taraflama aynan o'sha nuqtada reglament majburiyatlariga mos tushadigan futbolchisi bor jamoaning o'sha poziciyada o'ynaydigan boshqa vakiliga juda qiyin bo'ladi. CHunki uning asosiy tarkibdan joy olish yoki olmasligi o'ziga bog'liq masala emas. Yomoni shu aslida. Yoshlarga imkoniyat beramiz deb qilingan mazkur ish natijasida mavjud futbolchilarni yo'qotib qo'yish va yoshlarni raqobatsiz asosiy tarkib futbolchisiga aylantirishdan nima naf, tushunmayapman.

Zo'ri, istedodi bori mana "Paxtakor"da bo'ladimi, o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'yayotgan "Navbahor"mi yoki "Nasaf"dami farqi yo'q, kerak paytda Oston O'runov, Alijonov yoki Abdixoliqov kabi yorib chiqib kelaveradi. Biz futbolimiz kelajagini kuchli raqobatda pishgan va o'sha "olov"dan chiqib kelgan yoshlarga ishonmoqchimizmi yoki suniy ravishda o'yin amaliyoti olayotgan futbolchilar kerakmi bizga?

Nahotki shuni tushunadigan mutaxassis qolmadi bizda? Yaqqol misol hozirgi OTJ! Ko'zimizni ochaylik, hurmatli O'FA mutasaddilari...

Sog'lom raqobat tarafdorlari mazkur masalaga to'g'ri echim topib, kerakli xulosaga kelishlariga ishongisi keladi odamning. Boshqa gapga hojat yo'q.

Muallif :
Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика