So’nggi yangiliklar

13:52"Тоттенхэм" "Ливерпуль" собиқ ҳужумчисига қизиқмоқда  0 13:25"Астон Вилла" Лукакуни қўлга киритишни режалаштирмоқда  0 12:58"Боруссия Д" форварди фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 12:32Про лига. 15-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  0 12:04"Манчестер Сити" "Реал" дарвозабонига қизиқмоқда  1 11:38Расман: Нани Португалияга қайтди  1 11:17"Фулхэм" МЮ тарбияланувчисини сотиб олишга уринмоқда  0 10:50МЮда жароҳатлар эпидемияси бошланди. Расмус Ҳойлунд қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 10:19Адриен Рабьо учун асосий даъвогар маълум  1 10:14ЎФА Тартиб-интизом қўмитаси 34 нафар мураббий ва футболчини четлаштириш бўйича қарор қабул қилди. Яна 53 та жарима интизом чораси ҳам қўлланилди  26 10:03Ўзбекистон ўсмирлари Франция ва Венгрияга қарши иккитадан ўйин ўтказади  1 09:48Давид де Хеа қайси чемпионатга ўтаётгани маълум  1 09:20Мбаппенинг «Реал Мадрид»даги дебюти қачон бўлиши маълум  3 08:51«Барселона» Ольмо трансфери бўйича сўнгги таклифини юборди  7 08:23«Атлетико» ва «Челси» Галлаҳер трансфери борасида келишувга эришишди  1

“Sog'lom avlod”stadioni mavsumga tayyormi yoxud G'ulomjon Usmonov bilan suhbat Yangiliklar

“Sog'lom avlod”stadioni mavsumga tayyormi yoxud G'ulomjon Usmonov bilan suhbat

Oliy liga jamoalarining uy stadionlari haqida o'quvchilarimiz hukmiga maqolalarni berishda davom etamiz.
Kecha Muborakdagi “B.Vafoev” nomli stadion direktori bilan uyushtirgan suhbatimizni bergandik. Bugun esa Andijon shahridagi “Sog'lom avlod” stadioniga tashrif buyurdik. U erda stadion direktori G'ulomjon Usmonovni io'lab topib, maqsadimizni tushuntirdik. Ayni damda stadionda tamirlash ishlari ketayotgani va to'liq tayyor emasligi sababli Usmonov bizni keyinroq reportaj tayyorlishimizni takidladi. Lekin G'ulom akani baribir ko'ndirdik. Stadiondagi bo'layotgan ishlar bilan tanishish asnosida Usmonovni suhbatga chorladik.



- G'ulom aka, 4 aprel kuni “Sog'lom avlod” stadionida rasmiy o'yinlar boshlanadi. Mavsumga tayyorgarlik ishlari qanday ketmoqda?
- Stadionning ayrim joylarini yangi mavsum oldidan bir qator tamirdan chiqarish uchun bir qator homiy tashkilotlar biriktirildi. Stadion Andijon olimpiya zaxiralari kolleji tasarrufida bo'lgani bois, birgina kollejning o'zi stadion uchun pul ajratishi qiyin. SHu bois hokimyat tomonidan shahrimizdagi bir qator tashkilotlarga stadionning qandaydir qismi tamirlash uchun biriktirildi.

- Stadion kollej tasarrufida bo'lsada, o'yinlarga kirish xuquqini beradigan chiptalarni klub o'zi chiqaradi. To'g'rimi?
- Ha, shunday.



- U xolda klub stadion uchun kollejga ijara haqi to'laydimi?
- Malum miqdorda, imkoniyatidan kelib chiqib to'laydi. Ularga alohida summa aniq belgilab qo'yilmagan.

- Stadionning ishchi xodimlari soni nechta?
- Jami 17ta. Ulardan 6 nafari qorovul. Qolgan 11tasi boshqa ishlarga biriktirilgan.  

- Maydon ustasi nechta?
- Maydon ustasi hozircha yo'q. Hisobda bitta xodim ishlab turibdi. Unga boshqa xodimlarimiz ham ko'maklashmoqda.



- Maydon sifatini yaxshilash uchun qanday ishlar olib borilmoqda?
- Maydonni chempionat boshlanishiga sifatli qilib topshirish uchun kuz faslidan buyon ishlamoqdamiz. Qum, o'g'it va boshqa o'zimizdagi maxsulotlarning aralashmasini maydonga sochib chiqdik. Lekin maydonda 96 foiz ajiriq bo'lgani sababli hozircha to'liq yam-yashil bo'lib ulgurmadi. Menimcha aprel oyinining ikkinchi yarmida maydon ko'ngildagidek xolatga kelib ulguradi.

- Qum va o'g'it aralshmasidan tashqari yana qandaydir dorilardan ham foydalanildimi?
- Ha, shu kungacha 40kg sport ustasi urug'laridan maydonga sochdik. Undan tashqari maydonni yumshoq bo'lishi uchun qum-o'g'it aralashmasidan ham foydalandik.



- Bitta maydon uchun 40 kg urug' oz emasmi?
- Biz urug'dan vaqti-vaqti bilan foydalanamiz. Ayrim joylarga sochib chiqamiz xolos. Asosan ajiriq o'ti bo'lgani uchun ham shunday. Quyosh chiqib, kun isib borgan sayin maydon yam-yashil bo'lib boraveradi.

- Tribunaga qarasak ayrim o'rindiqlar yaroqsiz xolatda ekanligini ko'ryapmiz. Bu ham yangilanadimi?
- Ha. Hisob kitobimizga ko'ra 2000 dona plastmassa o'rindiq kerak bo'ladi. Buning uchun kerakli joylarga xat bilan murojaat qilganmiz.

- Stadionni o'z xodimlarini inobatga olmaganda, chetdan boshqa ishchi kuchini ko'rmayapmiz. Kelgusi haftada esa stadionda chempionat ochilish uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unga qadar ulrgurasizlarmi?
- Viloyat hokimiyati, shahar hokimi, viloyat futbol federaciyasi bu borada amaliy yordam bermoqda. SHaxsan viloyat hokimi stadionni tamirlash uchun kerakli tashkilotlarga topshiriqlar bergan. 10 kun davomida bemalol ulgurasa bo'ladi. 



- Pardozlar ishlarchi?
- Bu borada bizga har yili “UzDongJu” lak bo'yoq ishlab chiqarish korxonasi yordam berib keladi. Yo'laklar va zinapoyalardagi pardozlash ishlari o'yinga 4-5 kun qolganida qilinsa ham bo'ladi. Ishchi xodimlarimiz har bir sektorni tozalab chiqdi. Biz hozir faqat tashkilotlar tomonidan amaliy yordamni kutyapmiz xolos.

- SHu o'rinda stadion o'z bag'riga necha nafar muxlisni sig'dira olishi haqida aniq malumot berib o'tsangiz?
- Stadionda jami 32ta sektor mavjud bo'lib, 18365 nafar tomoshabinga mo'ljallangan. Muxlislarni stadionga kirish xududi bitta joydan, usta eshik orqali kirishlari mumkin bo'ladi. Avtoulov bilan stadionga kirish xududi esa 3ta.

- “Sog'lom avlod” stadioniga kelgan jurnalist OAV xodimlari uchun maxsus joy ajratilmaganidan doim nolib ketadi. Bu yil ushbu muammoni ham bartaraf etish rejaga kiritilganmi?
- Ha. 1-sektorga jurnalistlar uchun alohida joy qilishni o'ylab turibmiz. Hozirgi o'rindiqlarni oldi tomoniga stol qo'yib, elektr ham qilib beramiz.



- Tribunaga qarama-qarshi sektorda o'tirgan muxlis o'yin vaqtida stadion suhandonini ovozini deyarli eshitmaydi. Demoqchimizki, karnaylarni ham yangilash vaqti kelmadimikin?

- Kollejning yillik byudjeti hozircha tasdiqlanmagani  bois bu narsa to'xtab turibdi. Stadion tribunalariga jami 22ta karnay o'rnatilgan. Bu yil kamida 50-60 foizini yangilashimiz kerak. Bundan tashqari maydon chetiga yangitdan banner qilinmoqda. 81ta homiy tashkilotlarga aytilgan. Menimcha o'yinga 3-4 kun vaqt qolganida bular ham tayyor bo'lib qolsa kerak.

- Aytingchi shu kungacha stadionda yangi mavsum uchun qanday ishlar qilindi?
- Ichki imkoniyatdan foydalangan xolda, tayyorgarlik ko'ryapmiz. SHu kungacha tozalov va obodonlashtirish ishlari qilindi. Stadion xududi atrofiga turli xil gullar o'tqazildi. Maydon maysasini esa ikkinchi marotaba o'ryapmiz. Keyin suv berib, maydonni qatirib chiqamiz.  

- Stadionda maydonga suv berish tartibi qanday?
- Haftada ikki marotaba suv beramiz. Asosan tunda.

- Nima deb o'ylaysiz, maydon xolati o'zingiz uchun ko'ngildagidek xolatga kelyaptimi?
- Mazkur stadionda 8 yildan buyon ishlab kelayotgan bo'lsam, hozirgacha maydon xolati borasida yuqori tashkilotlar va nazoratchilar tomonidan jiddiy etirozlar bo'lmadi. Yuqorida aytganimdek, maydonning 96 foizi ajiriq o'tidan iborat. Bu ajiriq kechroq amallay boshlaydi. May oyida kelsangiz ko'rasiz, maydonimizning eng zo'r xolatini.  

- O'yin hisobini aks ettirib turadigan tabloda ham o'zgarish bo'ladimi?
- Ha, tabloda ham ayrim kichik o'zgarishlarga qo'l uramiz. Yani yaroqsiz xolatga kelib qolgan lampalarini yangisiga almashtiramiz. Lekin bugungi kunda ham tablo ishlaydi. Faqat imkon qadar yangilashga xarakat qilyapmiz. Asta–sekin stadionning har bir joyini yangilab boramiz. Yugurish yo'lakchasi, har bir sektorning tom qismini yangilash rejada bor. 



- Futbolchilarni kiyinish xonasichi?
- SHahar hokimi stadionga kelganida kiyinish xonalari bilan ham tanishib chiqqandi. Rahbariyat shunday topshiriq berdiki, kiyinish xonasida ham chempionatga qadar o'zgartirishlar amalga oshiriladi. Yani 3 metr balandlikdan so'ng tepasiga tom qilib berkitiladi. Oynalar qoraytiriladi. SHunda yozda ham xona salqin bo'lib turadi. SHuningdek kiyinish xonasidagi mebel jihozlarni yangilash uchun buyurtma berdik.

- Stadion ichida bu yil ham savdo do'konlari bo'ladimi?
- Ha. Lekin stadion ichiga semichka olib kirishga ruhsat berilmaydi. Boshqa egulik va ichimlik bo'lsa marhamat.

- Avtoulovlarni turish joyi ham bormi?
- Bunday joylar ikkita bo'lib. Asosiy “stoyanka” o'rniga hozir qilichbozlik sporti uchun bino qurilish ishlari boshlab yuborildi. Lekin shunga qaramay muammo bo'lmaydi. CHunki undan tashqari yana 150ta avtoulov uchun turar joyimiz bor. Stadionning sharqiy xududi tomonida esa yana 500ta avtoulovga mo'ljallangan joy bor.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика