So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

"So'g'diyona"ning kechagi o'yini va uning ertasi... Yangiliklar

"So'g'diyona"ning kechagi o'yini va uning ertasi...

Kecha "So'g'diyona" - "Paxtakor" uchrashuvini kuzatish uchun Yangier shahriga tashrif buyurdim.

Ochig'i "So'g'diyona"ning bugungi holatiga faqat va faqat achinish mumkin. Jamoa o'zi istamagan holda birinchi davrani barcha o'yinlarini mehmonda o'tkazyapti. Aslida "Paxtakor"ga qarshi uchrashuv Jizzaxdagi yangi stadionda bo'lishi kerak edi. Lekin yugurish yo'lakchalarini yotqizayotgan nemis mutaxassislari unga putr etkazish mumkinligi yana biroz vaqt kutish lozimligini aytishgan. Aks holda uni yaroqlik muddatiga ular javobgar bo'lmas ekanlar. Zomindagi stadion esa "Mashal" va "Bunyodkor" bilan bo'lib o'tgan o'yindan keyingi etirozlardan so'ng PFL tomonidan qaytib oliy liga o'yinlarini o'tkazish man etildi.

"Paxtakor"ga qarshi o'yin oldidan rahbariyat PFLga o'yinni poytaxtga ko'chirish va ikkinchi davradagi Jizzaxda o'ynash taklifi bilan chiqdilar. Ammo PFL bu taklifni inobatga olmadi va bahs Yangierda bo'lib o'tishi malum qilindi. Bu bilan jizzaxlik muxlislar bir emas, ikki grand, "Bunyodkor" va "Paxtakor"ga qarshi o'yinlarni tomosha qilish imkoniyatidan bu yil mahrum bo'ldilar. To'g'ri mingga yaqin muxlis Jizzaxdan to Zominga, to Yangierga boryaptilar. Ammo 10 000 bilan 1 000ni farqi katta.




Aslida bugungi "So'g'diyona" o'tkan yilgi rahbarning noto'g'ri siyosatidan jabr chekayotganligini aytib o'tish lozim. Bugun-ku rahbariyat o'zgargan, ammo Davron Fayziev o'tkan yilgi qarzdorlik tufayli asosiy tarkibidan deyarli ayrildi. SHunga qaramay yangitdan tarkib tuzdi va uni mahorat evaziga o'ynata olyapti. O'yinlari chakki emas, bu haqda quyida batafsil yozib o'tamiz. Oliy ligadagi bironta jamoa bosh muarbbiyi o'z futbolchilarini o'yinga shaxsiy avtomashinasida olib kelganini yaqin orada ko'rmagan edim. Kecha shu holat guvohiga aylandik. Aksiga olib OAVda klubni emas, shundoq ham asabiy bo'lib qolgan Davron Fayzievni tanqid qilib yotibdilar. 2014 yil so'nggida uyushtirilgan xat asosida uni jamoadan ketkazishga harakat qilganlar, oxir oqibat qilmishlariga pushaymon eb va futbol jamoatchiligi oldida izza bo'lganlari qoldi. Fayzievning joyiga ko'z tikayotganlar o'tta million-million pullar aylanayapti deb o'ylasa adashadi. Murabbiy shu kungacha ikki marotaba ishdan ketish uchun ariza yozganligi haqida kecha stadionga kelgan muxlislardan biri aytib o'tdi. 

"Paxtakor" bilan o'yinga kelsak, himoya markazidagi xatolarni aytmasa, jamoaning yarim himoya chizig'i yaxshi harakat qildi. Ayniqsa Muqimjon Toshmatovning harakatlari. Standart vaziyatlarni esa Muzaffarov yaxshi ijro eta oldi. Uchrashuvda birinchi bo'lib "So'g'diyona" futbolchilari hisobni ochgan edi. Toshmatov burchak zarbasini amalga oshirib bergach, to'p Kaxi Maxaradzening qo'liga tegdi. Pala - partishliklardan keyin to'p Lobanov darvozasidan joy oldi. Biroq Aziz Asimov esa bu vaziyatda mezbonlar o'yin qoidasini buzdi deb hisobladi. Voqeaga yaqin turgan qanot hakami Ravil SHoyaxmetov ham bosh hakamning qaroriga o'zgartirish kirita olmadi. O'yindan keyin bosh hakam 6 ballga munosib ko'rildi. Bu kamida ikki o'yinlik diskvalifikaciya degani.




Birinchi bo'lim havo harorati biroz issiqligi sabab, ikki jamoa ham o'z o'yinini ko'rsata olmadi. Ikkinchi bo'limda "Paxtakor" safida o'zgarish bo'ldi. Pardaev o'rniga Andreev maydonga tushdi. Uch o'yinlik zaxira o'rindig'i Andreevning foydasiga ishlagan ko'rinadi, bu safar osmonlarga tepishni emas, jamoadoshlariga pas bera boshladi. Natijada ikkita golli pasga muallif bo'ldi. So'nggi ikkita gol esa to'liq "So'g'diyona"ning markaziy himoyachilarining zimmasiga yuklasak bo'laveradi. Uchinchi golda Oraxovac yaxshi o'ynagan holda Sergeevni to'p bilan taminlab berdi. 

O'yindan keyin Davron Fayzievni matbuot anjumanida ishtirok etar ekan. Hakamning holatiga ortiqcha baho berib o'tirmadi. Aksincha ikkinchi bo'limdagi xatolar qimmatga tushganligini takidladi. Undan tashqari "So'g'diyona"ni bugungi holati bilan to'liq tanish bo'lib ulgurmasdan, OAV tomonidan noto'g'ri xulosalarni bermaslikni iltimos qildi.

Bu mavzuni yopgan holda, ikkinchi mavzuga o'tsam. Sirdaryo viloyati azaldan yaxshi futbolchilarni tarbiyalab bergan. O'z paytida "Mashal" safida faoliyat olib borgan ko'plab futbolchilar Yangierdan chiqqan edilar. Lekin, mana shunday yaxshi sharoitga ega bo'lgan hududda, hattoki birinchi ligada ham jamoa yo'qligi achinarli holat. "Yangier" stadionidagi suratlarni tomosha qilar ekansiz. Quyidagi rasm etiboringizni tortmay iloji yo'q. 1995 yil "Yangier" stadionida, "Yangier" OFK Kubogi doirasida Iroqning "Al Talaba" jamoasiga qarshi bahs olib borganligi qayd etilgan. Bugun esa...




Nodirxo'ja Yuldashev


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика