So’nggi yangiliklar

21:06Наврўз Алимов: "Кучли жамоаларга қарши ўйинлар Биринчи лигада ёрдам беради"  1 20:30"Холматовнинг орзуси улкан нур ила қайноқ". Диёр Холматов U-23 Осиё кубоги олдидан ФИФАга интервью берди  5 20:23Ўзбекистон футзал терма жамоасининг асосий дарвозабони Осиё кубогини ўтказиб юборади  4 20:20U23 Осиё кубоги. Бир киши кам бўлиб қолган Япония Хитойни минимал ҳисобда енгди  0 20:08Тўрт нафар ҳакам дисквалификация қилиниб, жаримага тортилди  7 19:59"Реал" эртага Мбаппе трансферини эълон қиладими?  11 19:31Расман: Фелипе Андерсон – "Палмейрас" ўйинчиси  0 19:04Луис Энрике: "Босим? Менда у йўқ"  10 18:42"Байер" бош директори: "Алонсо келажакда "Реал"ни бошқариши аниқ"  3 18:27ЎФА легионерларимиздан бирининг Осиё Кубогида иштироки бўйича келишувга эришди  7 17:39ОЧЛ. "Ал Айн" — "Ал Ҳилол" учрашуви сув тошқини туфайли қолдирилди  0 17:26"Барселона" – ПСЖ, "Боруссия Д" – "Атлетико" учрашувларини кимлар шарҳлаб боради?  19 17:02Ямаль — "Golden Boy-2024" рейтингида етакчи  9 16:40Пекин-2008. Вадим Абрамов бошқарган терма жамоа қандай қилиб Олимпиадага чиқа олмаганди?  3 16:20Ўзбекистон Малайзияга қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  2

"So'g'diyona"ning hududlararo pley-off yarim finalidagi raqibi to'g'risida nimalarni bilishimiz lozim? Yangiliklar

"So'g'diyona"ning hududlararo pley-off yarim finalidagi raqibi to'g'risida nimalarni bilishimiz lozim?

OFK kubogining hududlararo yarim final bosqichida "So'g'diyona" va "Istern" klublari o'zaro to'qnash keladi.

"Istern" 1932 yil tashkil etilgan Gongkong professional klubi hisoblanib, mamlakatning eng yuqori divizioni — Premer-ligada ishtirok etadi. Ushbu chempionatda 10 ta jamoa ishtirok etadi. Premer-liganing yangi mavsumi 27 avgust kuni start oladi. 

Tarixiy klub bo'lishiga qaramay, "Istern" Gongkong Premer-ligasida atigi bir marotaba g'alaba qozongan (2015/16 yilgi mavsum). Biroq 2017 yil "Istern" OCHL guruh bosqichida ishtirok etgan Gongkongning dastlabki klubiga aylandi. Biroq guruh bosqichidagi ishtirok maqtanishga arzigulik bo'lmadi. 6 o'yinda atigi 1 ochko jamg'argan sharqliklar 1 ta urilgan gol evaziga 24 gol qabul qilib olishdi. O'tgan yili OFK kubogi guruh bosqichida qatashgan klub guruh g'olibligini mamlakatning boshqa jamoasi "Li Man"ga boy berdi. Yodingizda bo'lsa, "Li Man" hududlararo pley-off finalida qo'shimcha bo'limlarda "Nasaf"ga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.

OFK kubogi. Yarim final
"NASAF" (O'zbekiston) - "LI MAN" (Gonkong) 3:2 (TUGADI)
20 oktyabr 2021 yil. Qarshi. "Markaziy" stadion. 18:00
Hakamlar: Moud Bonyadifard, Ali Mirzabegi, Said Qosimi, Bijan Xaydari (barchasi Eron)
Nazoratchi: Ali Ahmad Al Badvavi (BAA)
Komissar: Muhammad Said Al Xattavi.

Gollar: Fernando Resio (avtogol) 4, 1:0, Husayn Norchaev 26, 2:0, Jivanilton Ferreyra 46, 2:1, Xose Anxel 64, 2:2, Andriya Kaluderovich 105, 3:2

"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev, 4.Husniddin Aliqulov ( 5.G'olib G'aybullaev, 56) , 8.Dilshod Saitov (15.Jo'rabek Mannonov, 103), 10.Bahrom Abdurahimov (99.Andriya Kaluderovich, 79), 19.Husayn Norchaev (7.Doniyor Narzullaev, 107), 20.Suhrob Nurulloev (50.SHohmalik Komilov, 104), 22.Akmal Mozgovoy, 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich, 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 13.Azamat Soyibov, 2.Alibek Davronov, 28.Sardor Sadullaev, 70.Abubakr Rizo Turdaliev, 71.Jasur Jumaev,

"Li Man" (Gonkong): 88.Yuen Xo CHun, 2.Fernando Resio, 3.Cui Vang Kit (21.Cang Kam To, 113), 5.YU Vay Lim (29.YU Pui Xong, 106), 10.Jonatan Akosta (, 44.Yuto Nakamura 99), 13.Diego Eli Moreyra, 14.Xose Anxel Martin, 16.Ngan Lok Fung, 26.Vong CHun Xo, 91.Jivanilton Ferreyra, 99.Kim Son Yong (11.CHeng Siu Kvan, 74)
Zaxira: 1.Ko CHun Uilson, 6.Vong Xo CHun Anson, 7.Li Xong Lim, 28.CHan Ka Xo,  31.Yung Xui To

Ogohlantirish: YU Vay ("Li Man") 37, Jonatan Akosta ("Li Man") 50, Umidjon Ergashev ("Nasaf") 64, Umar Eshmurodov ("Nasaf") 69, Cui Vang Kit ("Li Man") 90+2, Andriya Kaluderovich ("Nasaf") 106, Diego Eli ("Li Man") 107

Joriy mavsum ham avvalgisi singari "J" guruhidan o'rin olgan jamoa aynan "Li Man" hamda "Tainan Siti"ni ortda qoldirib, guruh g'olibiga aylandi. Gongkonliklar ikkala raqibini ham bir xil — 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Bosh murabbiy — Roberto Losada (Ispaniya)

45 yoshli ispaniyalik mutaxassis uchun Gongkong futbolchi unchalik begona emas. Futbolchilik faoliyati davomida "Malorka", "Valyadolid" kabi taniqli klublarda to'p tepgan Losadaning so'nggi hamda murabbiylik faoliyatini boshlagan dastlabki klubi Gongkongning "Kitchi"si sanaladi. Mutaxassis 2020 yildan "Istern"da yordamchi, 2021 yildan esa bosh murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.

Tarkib

Jamoaning asosi mahalliy futbolchilar sanaladi. Klub tarkibida to'rt nafar legioner futbolchi bor, bular — Viktor Bertomeu (Ispaniya), Markos Gondra (Ispaniya), Tamirlan Qo'zubaev (Qirg'iziston) va Prabxat Gurung (Nepal). Legionerlar haqida gap ketganda, ularning faoliyati havas qilarli darajada emas. Birgina 3 ta gol bilan OFK kubogi to'purarlari safida borayotgan Bertomeuni olsak, u asosan, Ispaniyaning 5-divizonida ishtirok etadigan klublar safida to'p tepgan.

Yapp Hun Fai nafaqat klubning, balki Gongkong terma jamoasining birinchi raqamli posboni hisoblanib, terma jamoasi safida eng ko'p uchrashuv o'tkazgan futbolchi sanaladi (81 o'yin). SHu jumladan, terma jamoa safida 2013 yil Osiyo kubogi saralash bosqichi doirasida O'zbekistonga qarshi maydonga tushgan va o'z darvozasidan ikkita to'p olib chiqqan (0:2).

Gonkong - O'zbekiston — 0:2

Gollar: Voxid SHodiev (83), Odil Ahmedov (89).

Gonkong: Yapp Xun Fai, Li CHi Xo, Bae Xi, CHan Siu Ki (Jeyms Makki, 80), Lam Ka Vai, Lo Kvan Ye, CHeun Kin Fung, Naedelin Endi Xannes, Leun CHun Pong, CHan Man Fai (CHu Ing Ji, 72), Kvok Kin Pong.

O'zbekiston: Eldor Suyunov, Anzur Ismoilov, Islom To'xtaxo'jaev, Davron Xoshimov (Baxodir Nasimov, 46), Vitaliy Denisov, Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Jamshid Iskandarov (SHavkat Salomov, 75), Sardor Rashidov, Vohid SHodiev, Igor Sergeev (Server Jeparov, 81)

CHetlatish: CHeun Kin Fung 45.

Bilasizmi? 1981-1982 yillarda angliyalik sobiq futbolchi Bobbi Mur klub bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.

Eslatib o'tamiz, Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi "So'g'diyona" 6 sentyabr kuni Gonkongning "Istern" klubiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bahs Jizzax shahrida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.  

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика