So'g'diyonaga darhol avtobus kerak
27 jan 2014 13:29
Yangiliklar

So'g'diyonaga darhol avtobus kerak
Jizzaxning “So'g'diyona” futbol klubi ayni paytda qiyin damlarni boshdan kechirmoqda.
Qiyinchilik birinchi navbatda moliyaviy muammolarga borib taqaladi. Avvalo rahbariyat o'tgan yilgi qarzlardan batamom qutulgani yo'q.
Qolaversa, jamoada darvozabonlar bilan ishlaydigan murabbiy yo'qligi uchun moldovalik posbon Aleksandr Melenchuk darvozani qo'riqlash bilan birga boshqa sheriklarini ham shug'ullantiryapti.
“So'g'diyona” murabbiylar shtabida Davron Fayzievga akasi Diyor Fayziev bilan katta murabbiy Ruslan Ahmedov yordam berib kelayotgani malum. Jamoada hatto jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy ham yo'q ekan.
Birinchi navbatda klub rahbariyati va mutasaddilar avtobus masalasini hal qilib bermasa bo'lmaydi. CHunki yaqinda atigi ikki kunga Toshkentga kelib ketgan jamoa avtobus masalasini zo'rg'a hal etdi.
Avvaliga biz suratdagi avtobusni ko'rib, “So'g'diyona” ham o'z avtouloviga ega bo'libdi-da deya xursand bo'lgandik. Ammo keyin malum bo'lishicha, ushbu avtobus shahar ichida yo'nalishli qatnaydigan transport vositasi bo'lib, klub uni 1 million so'm evaziga ijaraga olibdi.
SHu oyning oxirida jizzaxliklar o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etish uchun yana poytaxtga kelishadi. Xo'sh, “So'g'diyona” rahbariyati transport masalasini qanday hal etadi? Jamoa yana shu avtobusni ijaraga oladimi yoki homiylar boshqa birorta yo'lni o'ylab topishadimi? Buni shu hafta oxirlarida bilib olamiz.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar