So’nggi yangiliklar

20:21"Пахтакор" 8 йил олдинги антирекордини такрорлади  0 20:15Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Қизилқум"ни 5:1 ҳисобида мағлуб этди  17 20:00Ямаль "Сельта"га қарши ўйнамайди  1 19:42Франция футбол Федерация ПСЖнинг "Мбаппе иши" бўйича апелляциясини рад этди  0 19:31Суперлига. "Нефтчи" – "Насаф" 2:0. Highlights  5 19:17Анвар Бердиев: "Мақсадимиз — Суперлигага чиқиш"  0 18:59Фарҳод Нишонов: "Ҳакам қарорини муҳокама қилишни истамайман, аммо..."  0 18:34Моуринью яна Роналду билан бирга ишлаши мумкин  0 18:08ПРО-Лига. Расман — "Шўртан" плей-оффнинг иккинчи иштирокчиси!   2 18:05Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлди  44 17:43Суперлига. "Қизилқум" - "Навбаҳор": Асосий таркиблар маълум  2 17:09ПРО-Лига. 5 та гол урилган ўйинда "Бухоро" "Арал"дан устун келди  2 16:49ПСЖ янги машғулот марказини очди  0 15:32Жорж Микаутадзе фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 15:01"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи  2

"So'g'diyona"da Superliganing eng kuchli futbolchisini ko'rishni istayotgan murabbiy bilan suhbat Yangiliklar

"So'g'diyona"da Superliganing eng kuchli futbolchisini ko'rishni istayotgan murabbiy bilan suhbat

Yaqinda Sergey Lushan PFL elon qilgan ish, yani "Bunyodkor" bilan sudlashib yurgani haqida tushuntirish berish uchun "Championat.asia" saytiga tashrif buyurgani haqida malum qilgandik.

O'shanda "So'g'diyona" bosh murabbiyi Sergey Lushan nega "Bunyodkor" bilan sudlashayotgani va unga klub 800 milliondan ortiq mablag'ni to'lab berishi kerakligini takidlagandi. Quyidagi havola orqali mazkur ish haqidagi Lushanning fikrlari bilan yana batafsil tanishib chiqishingiz mumkin. O'shanda suhbatning ikkinchi qismida biz o'zimizni qiziqtirgan futbolga, xususan "So'g'diyona" jamoasidagi faoliyatida oid savollar bilan murojaat qilib, mutaxassisdan fikrlarini so'ragandik. Hozir Sergey Lushanning o'tgan mavsum va yaqin kelajakda "So'g'diyona"ni qanday qiyofaga kiritmoqchiligi haqidagi fikrlarini etiboringizga havola etamiz.

Murabbiy dastlab Jizzax futboli, xususan "So'g'diyona" qaytadan oyoqqa turg'azish uchun qilinishi kerak bo'lgan ko'plab ishlar haqida to'xtaldi.

- "So'g'diyona"ga kelganimda bu erda futbol uchun qilingan ishlar nihoyatda kam bo'lganini ko'rdim. O'tgan 7 oy ichida biz barcha ishlar bo'yicha reja tuzib chiqdik va hammasini boshqattan boshlashga qaror qildik. Men jamoaga kelganimda mashg'ulotlar uchun atigi 20 dona fishkadan boshqa hech narsa yo'q edi. Klubda oddiy inventar narsalar ham muammo bo'lgan. Klub prezidenti O'ktam akaga klubni rivojlantirish uchun avvalo pul tikish kerakligini aytgandim. Jizzaxda futbol tushunchasini yaxshi tarafga o'zgartirish lozim. Bir kunlik g'alabalar uchun emas, balki kelajak uchun foyda beradigan ishlarni amalga oshirish lozim. Avvalo barchasini akademiyadan boshlash kerak. Klub rahbariyati aynan shu borasida juda katta hajmdagi ishlarni bajarmoqda. Bilishimcha, yaqin orada "So'g'diyona" klubi akademiyasini barpo etish uchun katta pullar ajratiladi. Jizzaxda futbolni ko'tarish kerakmi, unda akademiya orqali yaxshi raqobatbardosh jamoani tuzish zarur. Faqat bugungi kun bilan yashashdan mano yo'q. Akademiyadan jamoa kelajakda mo'maygina pul ham ishlab oladi. Klubga foyda keltiradigan asosiy manba bu akademiya. Oldimizda turgan asosiy vazifa yangi jamoa tuzish", - deya gap boshladi Sergey Lushan.


"So'g'diyona" yangi mavsumda katta o'zgarishlarga qo'l uradi

- "Ayni paytda kelasi mavsum tarkib qanchalik o'zgarishi haqida aniq malumot berolmayman. Hozir selekciya ishlari olib borilmoqda. Agarda biz o'zimiz xohlagan futbolchilar bilan kelishuvga erishsak, unda tarkib yaxshigina o'zgaradi".


Legionerlar ishonchni oqladimi? Yangi mavsumda ulardan qay biri qoladi?

- "Ular bilan ham muzokaralar davom etmoqda. Yakunda qanday qarorga kelinishiga haqida hozirdan bir narsa deyish qiyin. Legionerlar mavzusi ochiq turibdi. Men kutgan natijani berishdi. Qaerdadir xatolar, kamchiliklar bo'lgani aniq. Umuman olganda ular ishonchimni oqlashdi. Legionerlarning tajribasi, jamoadagi ichki muhitni yaxshi tomonga o'zgarganida ularning ham roli katta bo'ldi. Ularsiz Superligada qolishimiz muammoga aylanardi".


Superliga formati haqida

- "Biz uchun hech narsa o'zgarmadi. Faqatgina chempionat o'tkazilish tartibi o'zgardi xolos. Murabbiy sifatida esa jamoani o'yinga avvalgi yillarda bo'lgani kabi odatiy tayyorladim. Yangi format va oltin ochkolar qanchalik naf keltirishini vaqt ko'rsatadi. Bir mavsumdan yakuniy xulosa chiqarishga ertadir. Foyda keltiradimi yoki yo'q, bu haqida hozir bir narsa deyish mushkul. Masalan men futbolchi sifatida doim 16 jamoali formatda o'ynab kelganman va bu biz uchun yaxshi tanish. O'sha eski, biz uchun tanish va oddiy formatda qaerdadir keraksiz uchrashuvlar bo'lgan bo'lishi mumkin. Lekin yangi chempionatdagi o'zimizning ikkinchi bosqich doirasidagi ikkita o'ynimiz ochiqchasiga keraksiz o'yinga aylandi. Men buni avval ham aytgandim. O'sha o'yinlarda nima uchun maydonga tushganimizni haligacha tushunmadim. Formatda kamchiliklar bor va bularni to'g'rilash kerak. Bizni, yani murabbiylarni ishi jamoani o'yinga tayyorlash".


Eng yaxshi darvozabon, himoyachi, yarim himoyachi va hujumchi haqida

- "Menga "Paxtakor"dagi Tiago Bezerra juda yoqdi. "Qo'qon-1912"da Javohir Sidiqov o'zini yaxshi taraflama ko'rsatishga erishdi. "Loko"da Marat Bikmaev eng faol bo'ldi. Yaxshi futbolchilar ko'p bo'ldi. Deyarli barcha jamoalarda o'zining etakchi futbolchilari bor. Ammo chempionatda yaqqol porlab chiqqan yulduz futbolchi deb hech kimni alohida ajratib ko'rsata olmayman. CHunki Superligada bunday futbolchiga ko'zim tushmadi. O'zimizning darvozabon Milan Mitrovich jamoaga kelishi bilanoq o'zini ko'rsata olmadi. Jamoaga moslashish va ko'nikish jarayonini o'tkazdi. Umuman olganda Milan ajoyib darvozabon. Futbol tushunchasi yuqori, darajasi ham yaxshi. Ammo biz oxirgi pog'onalarda borganimiz uchun Milanni eng zo'ri deya olmayman. Eng kam gol o'tkazgan va quruq o'yinlar soni bo'yicha Eldorbek Suyunov mavsumdagi eng yaxshi darvozabon bo'ldi. Bekorga darvozabonni yarim jamoa deyilmaydi. Bu poziciya umuman boshqa olam. Ular bir raqibga qarshi emas, ikkita jamoaga qarshi o'ynashadi. Himoyachi? Milosh Simonovichni alohida ko'rsataman. Bu himoyachi yakkama-yakka kurashda tengsiz".


Bezerrani "So'g'diyona"da ko'rishni istardim

- "To'g'risi, menga braziliyalik futbolchi juda yoqdi. Uning shartnomasi tugamoqda? Lekin biz uning shartlarini qanchalik bajara olamiz? Gap shunda. Menimcha, Tiago Bezerraning shartnomasidagi shartlarni bajarishga "So'g'diyona"ning qurbi etmaydi. Bizni unga beroladigan pulimiz yo'q".


"So'g'diyona"ning yangi qiyofasini qachon ko'ramiz?

- "Hozirdan bir narsa deyish mushkul. CHunki hali tarkib borasida yakuniy to'xtamga kelingani yo'q. Ko'p narsa jamoaning birinchi yig'inidan so'ng malum bo'ladi. Bazi futbolchilar bizning talablarimizga javob bermaydi. Yangi jamoa 3 yil ichida quriladi. SHu vaqt mobaynida kimdir keladi, kimdir ketadi. Murabbiy o'zini uslubiga tushadigan futbolchilarni sinab ko'radi. Aynan shu jarayonlar o'tishi uchun 3 yil vaqt talab etiladi. "Bunyodkor"da ishlaganimda, meni oldimga yangi jamoa qurish vazifasi qo'yilgandi. Biz 3 yil ichida butkul yangi va yosh jamoani tuzdik. Deyarli "Bunyodkor" akademiyasidan tashkil topgan jamoa bilan chempionatning kumush medallariga egalik qilgandik. Yosh bolalar bilan kumush medalini yutgandik. Jamoani o'shanda 90 foizga yoshartirgandik. "Bunyodkor"da balki kim bilandir yomonroq xayrlashganmiz, kim bilan esa yaxshi munosabatni saqlab qolishga erishganmiz. Men bu erga ishlagani kelamanku, to'g'rimi? Do'stlashgani emas. "Bunyodkor" meni qo'l ostimda deyarli klub akademiyasidan tashkil topgan futbolchilardan iborat jamoa bo'lgan. Mening siyosatim shunday".


"So'g'diyona"da ichki muhit qanday?

- "Men kelganimda jamoadagi muhit juda yomon edi. SHunchaki dahshat. Jamoa futbolchilari alohida guruhlarga bo'lingan, muxlislar o'zaro har xil guruhga bo'linib olishgandi. Tushunarsiz holat vujudga kelgandi. Kelganimdan keyin vaziyatni to'g'rilashga va holatni yaxshilashga erishdim. Muhitni buzgan futbolchilardan voz kechdik. Biz kelganimizga qadar jamoaning etakchi futbolchisi deya hisoblangan ijrochilarni ketkazdik. Jamoaga kelganimdan so'ng 4-5 oy ichida hammasini joyiga qo'yishga erishdim. CHempionat yakuniga kelib jamoadagi ichki muhit shunchaki ajoyib bo'ldi. Nafaqat o'yinda, balki mashg'ulotlarda ham buni sezish qiyin emasdi. Muxlislar bilan ham uchrashdik va ularga nimani xohlayotganimni tushuntirdim. SHundan so'ng hammasi yaxshi tarafga o'zgardi. Klub ichida ham bo'linishlar yuzaga kelgandi. Hozir barchasi alo darajada. Hamma bir bo'lib jamoa manfaati yo'lida mehnat qilmoqda. Natija kerakmi? Unda birgalik ishlash va jamoa manfaati yo'lida birlashishimiz kerakligini hamma tushundi".


Yangi mavsum rejalari haqida

- "Biz yanvarning ilk haftasida yig'ilamiz va tibbiy ko'rikdan o'tamiz. Dastlabki yig'in Jizzaxda o'tadi. Keyin Toshkentga o'tamiz. Agarda hammasi yaxshi bo'lsa va pul bilan muammo yuzaga kelmasa, unda uchinchi yig'inni xorijda o'tkazish rejasi bor. Xorijda yig'in o'tkazishga erishsak, kuchli raqiblar bilan o'ynash orqali jamoani yaxshilab charhlab olamiz. Balki Turkiyaga borarmiz. Ko'ramiz. Yangi yilga qadar "So'g'diyona" yig'ilmaydi. O'ylashimcha, mavsum taqvimi odatga ko'ra boshlanadi. Dastlab OCHLga start berilishi kerak. Yana kim biladi deysiz, PFL chempionatni fevralda boshlaymiz deb qolsa jamoani yangi yilgacha yig'ishga to'g'ri kelib qolishi ham mumkin. SHunday bo'lgan taqdirda ham men hayron qolmasdim".


Taktik jihatdan noqulay raqiblari kim?

- "O'zbekistonda taktik kuchli murabbiylar ko'p. "Mashal"dagi Aleksandr Xomyakovni alohida etirof etaman. Ro'ziqul Berdiev ajoyib mutaxassisni. "Nasaf"ni necha yillardan buyon chiroyli o'ynatadi. Masalan kuchli jamoalarni murabbiylari bilan solishtirish biroz mushkul. CHunki "Paxtakor" va "Loko"da futbolchilar tanlovi va ularning mahorati birmuncha yuqori darajada. Ular butkul boshqa darajadagi futbolni o'ynashadi. SHu boisdan ularga hozir taktik jihatdan baho berish qiyinroq. Biz esa ko'proq taktik jihatdan o'ynashga urinamiz. CHunki mahoratni faqatgina to'g'ri taktika orqali yutish mumkin. Bizning vazifalar turlicha. Kuchsiz jamoalar shu boisdan ham ikkinchi raqam ostida o'ynashadi. Agarda meni qo'l ostimda "Lokomotiv" yoki "Paxtakor" jamoalaridagi sifatli futbolchilar bo'lganida men ham boshqacha o'ynardim".


Tolibjon Qosimov va SHahboz Beg'amov suhbatlashishdi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика