"So'g'diyona" Toshkentda yig'inga kirishdi. Tarkibda o'zgarishlar bor
04 jan 2021 13:44
Yangiliklar


"So'g'diyona" Toshkentda yig'inga kirishdi. Tarkibda o'zgarishlar bor
Ulug'bek Baqoev murabbiyligidagi "Sug'diyona" jamoasi bugundan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.
Toshkentda jamlangan futbolchilar bugun "Paxtakor" stadionida tiklanish mashqlarini olib borishdi va asosan engil yugurish bilan cheklanishdi. Kecha xabar berganimizdek bugun yig'inga turkmanistonlik futbolchi Arslanmirat Amanov kelib qo'shildi. Futbolchi bu yil jizzaxliklar sharafini himoya qilishi kutilmoqda. Darvozabon Milan Mitrovich katta ehtimol mavsumni boshqa jamoada boshlashi mumkin.
SHohruz Norxonovning qaysi jamoaga yo'l olishi hali aniq emas. Hujumchiga "Lokomotiv" qiziqayotgani haqida malumot bergan edik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar