So’nggi yangiliklar

19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  8 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0

“So'g'diyona” sobiq murabbiyi hamda futbolchisi oldidagi qarzlarini to'lab beradi Yangiliklar

“So'g'diyona” sobiq murabbiyi hamda futbolchisi oldidagi qarzlarini to'lab beradi

“So'g'diyona” futbol klubining sobiq darvozabonlar murabbiyi hamda sobiq futbolchisi O'FAga murojaat qilgan edi.

“So'g'diyona” futbol klubining sobiq darvozabonlar murabbiyi SHavkat Abduxo'jaev hamda klub sobiq futbolchisi Sarvar Jo'raev “So'g'diyona”ning futbolchi hamda murabbiy oldida qarzdorligi mavjud ekani va uni undirib berishda amaliy yordam ko'rsatilishini so'rab O'FAga murojaat qilgan edi.

Futbolchilarning jamoadan jamoaga o'tishi va o'yinchilarning maqomini belgilash qo'mitasi mazkur murojaatlarni ko'rib chiqdi va vaziyat atroflicha o'rganilgach, murojaatlarni asosli deb topdi. Natijada Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi zimmasiga SHavkat Abduxo'jaev oldidagi 10 million so'm qarz hamda Sarvar Jo'raev oldidagi 28 million so'mlik moliyaviy qarzdorlikni bartaraf etish vazifasi yuklatildi.

Agar “So'g'diyona” futbol klubi qarzlarini o'z vaqtida to'lamasa, jamoaga yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berilmaydi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика