"So'g'diyona" mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Narzulla Saydullayev
4 fev 2017, 18:14
"So'g'diyona" Toshkentdagi qishki yig'inlarini davom ettirmoqda.

Bugun jamoa futbolchilari tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Shundan so'ng, jamoaga 7 fevralga qadar qisqa muddatli tatil berildi.

Seshanba kuni jamoa yana Toshkentda yig'iladi va mashg'ulotlarni davom ettiradi. Yig'in davomida yana bir qancha o'rtoqlik uchrashuvlari rejalashtirilgan. 9 fevralda jamoamiz Namanganning "Navbahor" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tishi belgilangan.

"So'g'diyona" matbuoti xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia