Sofascore. Esanov, Fayzullaev va Ashurmatov kechagi uchrashuvlarda qanday baho olishdi?
02 mar 07:42
Yangiliklar
Sofascore. Esanov, Fayzullaev va Ashurmatov kechagi uchrashuvlarda qanday baho olishdi?
Ushbu Turda o'zbekistonlik bir qator futbolchilar jamoalari safida maydonga tushishdi.
«Akron» safarda «Pari NN»ga qarshi bahs olib bordi va 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Mehmonlar safida Sherzod Esanov 67-daqiqada maydonga tushdi. Sofascore nashri yarim himoyachiga 6,5 baho qo'ydi.
Turning markaziy uchrashuvida «Zenit» va CSKA o'zaro bahs olib bordi. Bahs 0:0 hisobida yakunlandi. Moskvaliklar safida Abbosbek Fayzullaev 67 daqiqa harakat qildi va 6,3 baho oldi.
Terma jamoamizning yana bir azosi Rustam Ashurmatov to'p tepayotgan «Rubin» Grozniyda «Ahmad»ga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Ashurmatov uchrashuvni asosiy tarkibida boshladi va 82-daqiqada zaxiraga olindi. Himoyachi 49-daqiqada ogohlantirildi. Sofascore nashri futbolchiga 6,6 baho qo'ygan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar