So’nggi yangiliklar

10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  1 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  1 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  13 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  1 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  5 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  4 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  11 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  8 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  2 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  14

Sobirjon yoxud u aytgan qo'qonlik muxlislarni taniysizmi? Yangiliklar

Sobirjon yoxud u aytgan qo'qonlik muxlislarni taniysizmi?

Aslida maqola yozish niyatim yo'q edi. Qolaversa, sohamni almashtirganimdan keyin maqola yozishni ham unutib yuborgan bo'lsam kerak.
Lekin, bugun yozmokchiman. Birov yoz deb, majburlagani yo'q, birok, kecha, ushbu saytda chop etilgan "Sobirjon"ning maqolasidan  (balki, feleton ham deyish mumkin) so'ng yana klaviaturaga qo'l urishga ahd qildim.

Keling, avvalo, nega o'sha "feleton"ga fikr bildirayotganimni maqola boshidayoq aytib qo'yay. "Kukon1912" matbuot kotibi men uchun xech kanday yaqin inson, karindosh yoki aka-ukam emas. Futboldagi faoliyatim mobaynida ish yuzasidan ko'p ko'rishib, gaplashganimiz, inson sifatida xurmat kilishga arziydigan bola.

Kecha o'sha maqolani o'qigach, "Islombekning o'rni kimgadir kerak bo'lib qolibdi shekilli, jiddiy tanqidga uchrabdi"-deb o'yladim. Islombek kim, deb so'rarsiz. Islombek Rustambekov – o'sha men aytgan “Qo'qon-1912” matbuot kotibi bo'lib, ancha harakatchan va ijodkor yigit. U klubda ish boshlagach, “Qo'qon-1912” ijtimoiy tarmoqlarda ham faollashdi – tvitter deysizmi, yoki feysbuk, ishqilib har kuni klub  haqida uch-to'rtta xabar chiqib turadi. Ammo uni qarangki, mana shunday xodimning ishidan ham kamchilik topsa bo'larkan. Nishon klubning rasmiy saytiga qaratilibdi. Boshqa aytarli tanqidga oladigan boshka fakt bo'lmagach, yana nima qilsin?
 Xo'p, klub rasmiy sayti ishlamayotgani bilan mamlakatimizdagi boshka futbolga oid saytlarda barcha malumot imkon kadar yoritib boryapti-ku?!  Bu xabarlarni kim tayyorlagan deb o'ylaysiz? Nahotki “Qo'qon” sayti ishlamayotganini ko'rgan o'tkir ko'zlar, Tvitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarni ilg'amagan? Yoki siz Islombek hamma yoqqa joylagan xabarlarni o'z saytiga  qo'yishdan eringan deb o'ylaysizmi?

To'g'ri, professional klub o'z rasmiy veb-saytiga ega bo'lmasligi yoki bo'lsa ham yuritilmasligi xunuk xolat. Ammo, buning izohi ham darrov malum bo'ldi. Klub tomonidan rasman malum qilinishicha, saytda texnik ishlar biroz cho'zilgan va yaqin kunlarda hammasi izga tushib ketadi. Buni tushunsa bo'ladi, bazida katta-katta tashkilotlarning sayti ham bir muddat ishlamay qoladi. Axir, sayt yaratish yoki texnik nosozlikni bartaraf etish - qo'yxonada "marab" turgan qo'ylarni ko'chada birrov aylantirib kelish emas-ku!

Maqolada yozilishicha, ushbu tanqid Sobirjon ismli yigit tomonidan bir qator qo'qonlik muxlislar nomidan yozilgan. Avvalo takidlab o'taylik, nima uchundir “Sobirjon” ismini yozganu, sharifini ham bitishni “yoddan” chiqarib qo'ygan. Bir qarashda g'alati, shunday emasmi? Axir ismi bor odamning familiyasi ham bo'lishi kerakku, yoki “Sobirjon”da boshqachamikan? Agar Sobirjon mard bo'lsalar, o'zlarini bir tanitib, o'zlari aytgan qo'qonlik muxlislar ham kimligini bildirsalar, juda yaxshi ish bo'lar edi. SHunday emasmi?

Nima bo'lganda ham, “Sobirjon”ga aytar gaplarimiz ko'p. Klub rasmiy saytidan xabar olish uchun internetga kirayotgan ekansiz sevimli klubingiz haqida yangiliklar turli saytlarda berib borilayotganidan xabaringiz yo'qmidi? Sizningcha o'sha xabarlarni kim tayyorlayapti? Sizmi? Menmi?

Bilmadim, jurnalistmisiz yoki yo'q, lekin nihoyatda bexato, xolini-xoliga qo'yib yozadigan darajada oliy malumotli inson ekansiz.  Xatingizda “Qo'qon-1912” rahbariyatidan matbuot kotibini almashtirishni so'rabsiz. Balki o'sha joyni o'zingiz ko'zlab turgandirsiz, bundan bexabarmiz. Ammo bilganimiz shuki, Siz klub rasmiy saytini to'g'rilab qo'yishni emas, balki bir yo'la “ko'rpani kuydirib”, matbuot kotibini almashtirishni so'ragansiz. SHunday ekan, sizdan bir iltimos, yana bitta xat yozib, o'sha joyga kimni tayinlashni ham oydinlashtirsangiz, nihoyat tashabbus kimdan chiqqanini bilib olgan bo'larmidik...

Endi "Sobirjon"ga beriladigan navbatdagi savollar:

1. "Neftchi"-"Navbaxor" bahsi Qo'qon shaxrida o'tkazilsa nima uchun mehmonlar uchun xizmat qilishni "Kukon-1912" matbuot kotibi o'z zimmasiga olishi kerak? Unda "Neftchi"ga matbuot kotibi nima kerak? Yodingizdami, "Paxtakor" stadioni tamirlanayotgan paytda "Paxtakor" o'z o'yinlarini MXSKda utkazgan edi. Nima, o'shanda "Bunyodkor" matbuot xizmati "Paxtakor"ning o'yinlarida xizmat qilganmidi?

2. Nega endi siz farg'onalik jurnalistlarga achinyapsiz? "Neftchi" matbuot kotibi "Navbahor" matbuot xizmati xodimlariga joy tayyorlab bera olmabdimi, demak bu "Neftchi" jamoasining aybi, shunday emasmi? Ammo siz bu haqida hech narsa demagansiz.

3. Yana bir savol. "Feleton"dagi urg'u nega aynan matbuot xizmatiga karatilganiga tushunmadik. Jamoa yutqazgan o'yinlarga achinmagansiz, yog'ingarchilikda muxlislar qor-yomg'ir ostida kolib ketganini eslamagansiz, safar o'yinlariga Sizdek jonkuyar muxlislar borib-kelishi uchun transport ajratilishini so'ramagansiz. Bor urg'u klub rasmiy saytiga qaratilgan. Nima, Siz uchun boshqa muhim masalalar qiziqmasmi? Ajab...

Men ham o'z vaqtida “Andijon” va “SHo'rtan” klublari matbuot xizmatida ish yuritganman. O'shanda mening o'rnimga ham ko'z olaytirganlar bo'lgan. Sizning “tanqidingiz” o'sha kunlarni eslatib yubordi. O'z tajribamdan kelib chiqib aytaman, bu urinishingiz bekor ketsa kerak. CHunki butun boshli klubga raxbarlik qiladigan inson to'g'ri gap bilan egrisini ham ajrata oladi.  Umid qilamanki, "Qo'qon-1912" rahbari Baxtiyor Tolipov ham (yangi feletoningizga mavzu bo'lmasligi uchun aytaman, biz Baxtiyor aka bilan qarindosh emasmiz, shunchaki familiyadosh ekanmiz, men u insonni tanimayman, kurmaganman. Yana boshqa hayolga bormang-a :) ) oq bilan qoraning farqiga juda yaxshi borib turgan bo'lsa kerak.

Nima bo'lganda ham men bir xolis insonman. Bu ishning yakuni nima bilan tugashi esa, meni juda qiziqtirib qo'ygan. Islombek-ku, iqtidorli yigit, mabodo “Qo'qon-1912”dan ketgan taqdirda ham, o'z ishini topib olar. Ammo uning o'rniga kim kelishi meni juda qiziqtirib qo'ydi. Sizni-chi, Sobirjon, sizni ham o'sha odam kim bo'lishi qiziqtiradimi?

A, labbay?..


Odilbek Tolipov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика