So’nggi yangiliklar

19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  0 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  6 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  1 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  2 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  0 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  15 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  18 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  4 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  3 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  4 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  8

Sobirjonov va Xojimirzaev "Qo'qon-1912"da Yangiliklar

Sobirjonov va Xojimirzaev "Qo'qon-1912"da

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi “Qo'qon-1912” jamoasi kechadan Toshkent shahrida navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshlashdi.

Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkazilmoqda. Toshkent yig'inida jamoaning ikki nafar etakchi futbolchilari Murod Xolmuhammedov hamda Oybek Rustamovlar ishtirok etishmayapti. Bu futbolchilar O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'inida ishtirok etish uchun Dubay shahriga jo'nab ketishgan. Yosh hujumchi Xamidillo Abduxamidov esa shifokorlar nazorati ostida davolanish jarayonini davom ettirmoqda. Tarkibga yangi futbolchilar ham qo'shilgan. “SHunqorlar”ning mashg'ulotlariga Toshkentning “Paxtakor” jamoasidan yarim himoyachi Asadbek Sobirjonov kelib qo'shildi. Asadbek Sobirjonov  2000-yilda tug'ilgan, biroq u Superligada 35ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga ulgurgan. Sobirjonov OCHLda ham 2ta o'yinda maydonga tushgan. 

Farg'onada bo'lib o'tgan “Viloyat hokimi kubogi-2021” musobaqasida “Istiqlol” jamoasi safida o'ynab, musobaqaning “eng yaxshi futbolchisi” sovrinini qo'lga kiritgan, xujumkor yarim himoyachi Anvarjon Xojimirzaev ham "Qo'qon-1912" yig'iniga kelib qo'shildi. Tarkibga ikki nafar yosh o'yinchilar qo'shilishgan. Bular “Neftchi” jamoasidan Ilxom Vahobov (18 yosh), “CHig'atoy” futbol akademiyasidan Jamshid Rahmatullaev (18yosh). 

Quyida Toshkent yig'inida ishtirok etayotgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Muzaffar Abdullaev, Xurshid Xo'jaev, Eldor Adhamov.

Himoyachilar: Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Slavko Lukich, Bobur Akbarov, Avazxon Mamatxo'jaev, Ilxomjon Vaxobov.

Yarim himoyachilar: Muhammadanas Xasanov, Jamshid Rahmatullaev, Iqbol Malikjonov, Farhod Bekmurodov, Sardor Etovqo'ziev, Anvarjon Xojimirzaev, Sardor Azimov, Asadbek Sobirjonov, Suhrob Berdiev

Hujumchilar: Mo'min Meliev, SHohnazar Norbekov, Andrey Sidorov




Reklama




Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика