Sobiq futbolchi pley-off haqida: "Angliyani futbol giganti kutib turibdi"
25 iyu 2021 08:13
Yangiliklar
Sobiq futbolchi pley-off haqida: "Angliyani futbol giganti kutib turibdi"
"CHexiya bilan o'yin yakunlanishi bilan, Angliyaning Germaniyaga qarshi "Uembli"da o'ynashi ajoyib bo'lishi haqida gaplashdik. Men bu qog'ozda ajoyib bo'lishi, o'yin vaqtida esa barchasi silliq bo'lmasligi haqida o'yladim.
Biz yaxshi holatdamiz. Oldinda bizni haqiqiy titan kutmoqda, ammo guruh bosqichida bizda barchasi ishonchli bo'ldi.
Kelasi hafta futbolchilar futbol gigantiga qarshi o'ynashadi. Agar bu o'yinda Angliya g'alaba qozona olsa, futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchi yanada yuqorilaydi. Franciya yoki Germaniya kabi terma jamoalarni mag'lub etish uchun, umuman boshqacha o'yin ko'rsatish lozim.
Franciyaga qarshi bizda imkoniyatlar bo'lmasligi mumkin edi, ammo Germaniyaga qarshi bular bo'ladi. Portugaliya bilan ham. Germaniya va Portugaliyaga qarshi imkoniyatlar 50/50. Franciya bilan esa 30/70. Men pessimist emasman, realistman", - dedi Nevill.
Fikrlar