Sluckiy ertaga SSKAdan ketadi

Narzulla Saydullayev
6 dek 2016, 22:25
Leonid Sluckiy SSKA klubidan ketishga qaror qildi.

Tottenxemga qarshi ertangi bahsdan so'ng Leonid Sluckiy SSKA bosh murabbiyi lavozimini tark etadi.

Murabbiy o'z istagiga ko'ra lavozimini tark etishga qaror qildi. SSKA Leonid Sluckiyni 7 yillik hamkorlik uchun rahmat aytadi. Murabbiy klub bilan 3 marta Rossiya chempioni bo'ldi, ikki martadan Rossiya kubogi va Rossiya Superkubogini qo'lga kiritdi,

Klubimiz eshiklari siz uchun doim ochiq, Leonid Viktorovich, – deb yoziladi SSKA klubi bayonotida.

Klub yangi bosh murabbiy nomi shu hafta oxirida e'lon qilinishini ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfc-cska.com