So’nggi yangiliklar

00:55Испания Суперкубоги. "Барселона" биринчи бўлимнинг ўзида "Атлетик"ни янчиб ташлади  26 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  2 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:35АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Брайтон"ни меҳмон қилмоқда, Ҳусанов асосийда (онлайн ҳисоб)  20 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  3 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  4 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2

Slavko Lukich: "Navbahor"ga qaytishga tayyorman. Klub muxlislarini juda yaxshi ko'raman" Yangiliklar

Slavko Lukich: "Navbahor"ga qaytishga tayyorman. Klub muxlislarini juda yaxshi ko'raman"

2018 hamda 2019 yillarda "Nasaf" va "Navbahor" tarkibida to'p surgan himoyachi Slavko Lukich bilan bog'landik.

Oldinroq uning atrofida mish-mishlar urchigani va kelasi mavsumda "Navbahor" tarkibida faoliyatini davom ettirishi mumkinligi borasida malumotlar paydo bo'lgandi. Biroq Slavko ushbu mish-mishlarni tasdiqlamadi. Lekin u "Navbahor"ga qaytishga tayyorligini aytdi.

- Slavko, eshitishimizga qaraganda, kelasi mavsumda "Navbahor"ga o'tishingiz mumkin ekan.
- Buni yolg'on malumot deyishim mumkin. Agar menga qo'ng'iroq qilib, "Navbahor"ga taklif bilan chiqishsa, yo'q demayman. "Navbahor" muxlislarini yaxshi ko'raman. Ularning qarshisida futbol o'ynash, ularning qo'llab-quvvatlovini his qilib turish doimo yoqimli. Namangan - haqiqiy futbol shahri. U erda futbol va futbolchilar qadrlanadi.

- Demak, "Navbahor"ga qaytish niyatingiz yo'q emas.
- Albatta. Agarda kimdir qo'ng'iroq qilib, taklif bilan chiqsa, shunday ajoyib jamoa tarkibida o'ynashdan faqatgina xursand bo'laman.

- Menimcha, Andrey Kanchelskis hali ham jamoani boshqarayotgan bo'lganida bunday demagan bo'lardingiz.
- Albatta, yo'q. Deyan Jurjevichdan keyin jamoani Andrey Antanasovich qabul qilib olganidan keyin men zaxirada qolib ketdim. Hatto natijalar yaxshi bo'lsa ham, yaxshi o'yin ko'rsatsam ham Kanchelskis menga qaraganida qovog'ini uyib olardi.

- Demak, Sizni O'zbekistonga kelishingizni kutsak bo'ladimi?
- Ha, agar aloqaga chiqishsa, yo'q demayman.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика