So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Slavche Voyneski: "Ikkinchi bo'limda jamoam o'zgardi. Rashidovning o'rnini esa..." Yangiliklar

Slavche Voyneski: "Ikkinchi bo'limda jamoam o'zgardi. Rashidovning o'rnini esa..."

Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" (2:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Slavche Voyneski fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yinning birinchi qismida to'pni nazorat qildik. Vaziyatlar yaratdik. Biroq ularning bittasidan foydalandik. Ikkinchi bo'limda jamoam o'zgardi. Himoyadan hujumga chiqishda xatolar kuzatildi. Tan olish kerak raqibda xohish katta bo'ldi.  Umuman olganda dastlabki bo'lim yaxshi o'tdi. Tarkibimizda yo'qotishlar ham borligini aytib o'tishim joiz, Sardor Rashidov, Odil Hamrobekov, Oliver SHarkich va hokazo. "Bunyodkor" ham yaxshi jamoa ekanligi ko'rinib  turdi. Iqtidorli yosh futbolchilari bor.  Har bir futbolchi tarkibda maydonga chiqib darajani saqlab qolish kerak. Yozgi tanaffusda barcha xatolarni tahlil qilamiz.

- Jamoaning jismoniy holati haqida nima deya olasiz? Ikkinchi bo'limga kelib futbolchilar charchab qolgandek ko'rindi...

- Futbolda jismoniy va taktik holatni ajratmayman. Taktik jihatdan bo'sh hududlar ochilib qolsa, uni to'ldirish uchun kuch sarflash kerak. OCHLda ham, ichki chempionatda ham taktika haqida futbolchilar bilan ko'p gaplashdik. Lekin...

- Sardor Rashidovning o'rnini qanday to'ldirmoqchisiz?

- Oldinda yana bir o'yin bor. Kelganimda ham aytganman, yoshlarga imkoniyat berishga harakat qilaman. Rashidovning o'rnini imkon qadar mahalliy futbolchilar bilan to'ldirishga harakat qilamiz.

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика