Skoulz: "Real" De Xeaga og'irlik qiladi"
24 fev 2018 17:20
Yangiliklar
Skoulz: "Real" De Xeaga og'irlik qiladi"
"Manchester Yunayted"ning afsonaviy futbolchisi Pol Skoulz darvozabon David De Xeaning "Real"ga o'tishi borasidagi xabarlar haqida gapirdi.
"Real" De Xeani transfer qilishni istaydi. Ammo bir tomon buni xohlasa ham buni uddalash qiyin. David dunyodagi eng yaxshi darvozabon ekanligini isbotlab bo'ldi.
Uning Madrid jamoasiga o'tish istagi borligini to'g'ri tushunamiz. Ammo David uchun "Real" bilan o'tadigan ECHL mavsumi juda qiyin bo'ladi.
Ammo "Yunayted" De Xeaga hozirda har doimgidan ham muxtoj. Lukaku yoki boshqa futbolchilarga tayanib bo'lmaydigan uchrashuvlarda David o'zini ko'rsatmoqda. Lukaku esa doimo bosim ostida o'ynamoqda.
Bir necha marta Evropa ligasi finalida o'ynab, g'oliblikni qo'lga kiritgan "Sevilya"ni birgina De Xeaning o'zi to'xtata oldi deb ayta olaman", - dedi Skoulz.
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar